Buxoro yangiliklari
Buxoroda nogironligi bo‘lgan bolalar para armrestlingda bellashdi
![]()
Buxoro shahar 1-son sport maktabi tomonidan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” uyida tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida para armrestling musobaqasi tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Musobaqadan ko‘zlangan maqsad nogironligi bo‘lgan bolalarning sportga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli yoshlarni sportga jalb qilishdan iborat.

Bellashuvlar davomida ishtirokchilar kuch, chaqqonlik va matonatini namoyon etib, munosib kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


