Buxoro yangiliklari

Buxoro viloyatida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda

buxoro obodonlashtirish cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatida obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti boshlig‘i Bahodir Mirzarahimov hududlarga tashrifi davomida jarayon bilan tanishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Sadriddin Ayniy mahallasida ishlar faqat tozalash va chiqindilarni olib chiqish bilan cheklanmayapti. Hudud tashqi qiyofasini yaxshilash, ko‘kalamzor maydonlarni kengaytirish, yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini obodonlashtirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.

Jarayonga yirik texnikalar jalb etilgan. Ishchi guruhlar bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishda faoliyat yuritmoqda: ayrim joylarda yer maydonlari tozalanib tekislanmoqda, boshqa hududlarda daraxt va butalarga ishlov berilmoqda, yig‘ilgan chiqindilar esa maxsus texnikalar yordamida olib chiqilmoqda.

Asosiy maqsad mahallalarda doimiy toza, ozoda va yashash hamda hordiq chiqarish uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.