Buxoro yangiliklari

Buxoroda ro‘yxatga olinmagan qurolni ixtiyoriy topshirganlar uchun yangi imkoniyatlar belgilandi

qurol cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Ro‘yxatga olinmagan qurolni ixtiyoriy topshirgan fuqaro endilikda rag‘batlantirishning ikki turidan birini tanlashi mumkin. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 7-iyuldagi 367-son qaroriga muvofiq, qurolni belgilangan tartibda topshirgan fuqaro pul mukofoti bilan taqdirlanishi mumkin.

Ikkinchi imkoniyat sifatida fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra pul mukofotidan voz kechib, qonunchilikda belgilangan tartibda fuqaroviy o‘qotar qurolni birinchi navbatda sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.

Buxoro viloyatida ro‘yxatga olinmagan qurolni ixtiyoriy topshirish masalasi bo‘yicha 99-427-50-00 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Qurolni yashirmasdan, uni o‘z ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadi.

Boshqarma qurolni qonuniy tartibda topshirish qonunga hurmat va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.