Buxoro yangiliklari
Romitan tumanining Qizilravot hududida sayyor tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi
![]()
Buxoro viloyatining olis hududlarida aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida sayyor tibbiy ko‘riklar muntazam tashkil etilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Navbatdagi tibbiy ko‘rik Romitan tumanidagi Qizilravot aholi punktida o‘tkazildi. Unda hududda yashovchilarning salomatligini tekshirish va tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashga e’tibor qaratildi.

Ko‘riklarda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari bilan birga viloyatdagi tibbiyot muassasalari shifokorlari ham ishtirok etdi.

Asosiy vazifa kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish va aholi salomatligini muhofaza qilishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor tadbir doirasida shifokorlar xonadonlarga ham tashrif buyurib, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning holatini baholadi.

Bemorlar zarur tibbiy tavsiyalar bilan ta’minlandi. Ularning holatidan kelib chiqib, tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar rasmiylashtirildi.

Bunday sayyor ko‘riklar olis hududlarda yashovchi aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Shuningdek, kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur davolash choralarini belgilashga yordam beradi.

-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


