Jahon
Vaksina x5
Germaniyada qariyalar uyi xodimlari xato sababli koronavirusga qarshi vaksina bilan 5 karra ko‘p dozada emlandi.
Qayd etilishicha, ularda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. Ammo shunga qaramasdan, ularning to‘rt nafari ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan.
Germaniyadagi qariyalar uyining sakkiz nafar xodimi xato sababli koronavirusga qarshi vaksina bilan besh karra ko‘p dozada emlandi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, 38 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan yetti nafar ayol va bir nafar erkak noto‘g‘ri dozada vaksina qabul qilgan. Ular Shtralzund shahridagi qariyalar uyi xodimlari bo‘lishgan va ommaviy vaksinatsiya doirasida emlangan.
Qayd etilishicha, ularda jiddiy nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. Ammo shunga qaramasdan, ularning to‘rt nafari ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yotqizilgan.
Yevropada koronavirusga qarshi vaksinatsiya 27-dekabrda boshlandi. Birinchi bosqichda Yevroittifoqning har bir davlatida besh ming nafarga yaqin kishi emlanadi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


