Buxoro yangiliklari
Kecha Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Buxoroga nega kelganligi oydinlashdi
Avval xabar berganimizdek, kecha, 27-sentabr kuni “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Dastlab Z. Mirziyoyeva Romitan va Shofirkon tumanlaridagi maktablarda fond rahnamoligi ostidagi «Buxoro viloyati umumta’lim maktablarida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena» loyihasining natijalari bilan tanishdi hamda o‘quvchilar bilan suvdan oqilona foydalanish, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etib, sog‘lom turmush tarzini olib borish nima uchun kerakligi haqida suhbatlashdi.


Ma’lumot uchun, bugungi kunda viloyat miqyosidagi 16 ta maktabida quduqlardan suv bilan ta’minlash, suvni filtrlash va xavfsiz ichimlik suvi darajasigacha chuchuklashtirish tizimlari o‘rnatilgan. Suv ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki va tashqi muhandislik tarmoqlari, hojatxona va dush xonalari qurilgan. Shuningdek, oqova suvlarni sug‘orma suv darajasigacha biologik tozalash tizimlari o‘rnatilgan.


UNICEF hamda “O‘zsuvta’minot” AJ va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning navbatdagi bosqichini amalga oshirish uchun ham Buxoro viloyatidagi yana 15 ta maktab tanlab olinganligi, albatta barchamizni xursand qiladi.


Shundan so‘ng, fond Vasiylik kengashi raisi Buxoro shahridagi Afshor mahalla ko‘chasida joylashgan 123-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari bilan “Zamin Eco-education” dasturi doirasida birgalikda maktab hovlisida ko‘chat o‘tkazdilar. Bu yerda o‘rnatilgan “aqlli” sug‘orish tizimi esa havo harorati va namlik darajasini o‘lchaydigan datchiklar tufayli sug‘orish uchun kerakli suv hajmi hisoblab chiqadi. Ushbu tizim bilan tanishuv orqali maktab o‘quvchilariga suvni tejash naqadar muhimligi tushuntirildi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi



