Buxoro yangiliklari

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat filiali 2021-yilda qariyb 1 mlrd daromad topgan

photo 646

Loading

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat filialining 2021-yilda jami daromadi 993 977 968 so‘mni tashkil qilib, jami xarajati 983 527 968 so‘mni tashkil qiladi.

Filial tomonidan amalga oshirilgan xayriyalar hamda xayriya tadbirlari esa quyidagilar:

17 999 761 so‘mlik 200 dona oziq-ovqat paketlari 100 nafar kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga xayriya tarzida tarqatildi.

621 nafar muhtoj oilalarga 165 000 so‘mlik, jami 83 940 000 so‘mlik buqa go‘shti, 3 ta madrasalarga 5 850 ming so‘mlik buqa go‘shtlari xayriya tarzida tarqatildi.

1 mln so‘mdan 30 ta muhtoj diniy xodimlarga moliyaviy yordam berilib, 25 ta muhtoj xonadonlarga 200 000 so‘mlik 5 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya tarzida tarqatildi.

100 mln so‘m 25 ta muhtoj oilalarga 2,5 mln so‘mdan moliyaviy yordam berildi, 12 120 000 so‘mdan 100 dona oziq-ovqat xayriya paketlari hamda Buxoro viloyati hokim o‘rinbosari E. Majidov, Buxoro viloyat bosh imom xatibi J. Elov va Buxoro shahar bosh imom xatibi O. Avezovlar ishtirokida “Nur” to‘yxonasida imkoniyati cheklangan, eshitish va gapirishda nuqsoni bor 230 nafar fuqarolar uchun 23 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari bilan xayriya tarzida tadbir o‘tkazildi.

160 080 000 so‘mlik 1 334 kg xurmo kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand fuqarolar, yolg‘iz qariyalarni qo‘llab quvvatlash beg‘araz tarqatish maqsadida xayriya tarzida berildi.
32 100 000 so‘mlik 200 ta muhtoj oilalarga 160 500 so‘mdan oziq-ovqat xayriya paketlari hamda jami 89 084 000 so‘mlik 400 ta muxtoj oilaga 2 22 710 so‘mldan oziq-ovqat xayriya paketlari kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga xayriya tarzida tarqatildi.

3 mln so‘mlik 11 ta qo‘chqor, 1 365 000 so‘mlik 1 ta qo‘chqor muhtojlarga xayriya tarzida tarqatildi.
29 769 186 so‘mlik diniy kitob, 7 pir haqidagi kitoblar hamda bukletlar Buxoro viloyatidagi masjid hamda madrasalarga xayriya tarzida tarqatildi.

29 124 013 so‘mlik Xanafiy fiqx Abu Xafsi Kabir Buxoriy, Suzuk ota diniy kitoblar Buxoro viloyatidagi masjid hamda madrasalarga xayriya tarzida tarqatildi.

21 600 000 so‘mlik 100 ta muhtoj oilaga 216 000 so‘mdan oziq-ovqat xayriya paketlari tarqatildi.

8 400 000 so‘mlik 42 ta muxtoj oilaga 200 000 so‘mdan oziq-ovqat xayriya paketlari tarqatildi.

2 040 000 so‘mlik 8 ta muxtoj oilaga 510 000 so‘mdan oziq-ovqat xayriya paketlari tarqatildi.

36 960 000 so‘mlik 308 kg xurmo kam ta’minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan, ehtiyojmand fuqarolar, yolg‘iz qariyalarni qo‘llab quvvatlash, beg‘araz tarqatish maqsadida xayriya tarzida berildi.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.