Maşhurlar
“Ummon” guruhi xonandalari Jasur va Zohid saratonga chalindi
Sobiq «Ummon» guruhi xonandasi Shohruh Instagram’dagi sahifasiga do‘stlari Zohid hamda Jasurning dardiga shifo tilab post joyladi. Ushbu post ostidagi izohlarda guruhning muxlislari Jasur Rafiqovning anchadan beri saraton bilan kurashayotgani haqida yozib qoldirdi.
«Har kuni birga edik. Yoshlik, mashhurlik birga o‘tdi. Birga ulg‘aydik, ne-ne tanqid-u, yomonliklarni ham birga ko'rdik. Bir oila edik – Zohid, Jasur, Shohruh. Kunlar keldi hammamiz o‘z yo‘limizdan ketdik. Oylab ko‘rishmas edik, bir-birimizni ko‘rmasak-da, lekin tariximizni har soniya eslab turardik, ko‘rishib qolsak ham soatlab o‘tgan kunlarimizni gaplashib o‘tirardik. Do‘stim sizlarning borliginglar man uchun juda muhim ekanligini bildim. Bir-birimizni oylab ko‘rmasak ham, lekin biz bir butun ekanligimizni bildim. Bugun butun xalqimizdan, hamma-hammadan iltimos qilib qolaman — o‘sha siz bilgan Zohidning hamda Jasurning haqqiga duo qiling. Allohim, o‘zingga barchasi oson. Zohid hamda Jasurning dardiga shifo ber, Allohu Akbar», — deb yozadi Shohruh.
Shuningdek, Jasur Rafiqov ham Instagram’dagi sahifasi orqali «Alloh suygan bandalariga sinov berishi» ni aytib o‘tgan.
U Zohid Risqiyev bilan tushgan suratini «Alloh bizni sinovga tashladi», – deb izohlaydi. «Ummon» ning muxlislari guruhning har ikkala a’zosiga ham shifo tilamoqda.
Ma’lumot uchun, «Ummon» guruhi 2019-yilda tarqalib ketgan.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi





