Islom
Alloh taolo: «(Savdo-sotiqda o‘lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy!»
Muborak dinimizda xiyonat va aldov, o‘g‘rilik kabi illatlar qattiq qoralangan. Qur’oni Karimda bunday qora niyatlarni amalga oshiradiganlarga alamli azob borligi aytib o‘tilgan. Yomon illatlardan biri tarozi va boshqa o‘lchovlardan urib qolishdir. Tarozudan urish kishining haqqiga xiyonat hisoblanib, uni o‘sha zulm tortgan, haq egasi rozi bo‘lmagunicha, Alloh taolo kechirmaydi.
Qur’oni Karimda bunday marhamat qilingan: «(Savdo-sotiqda) o‘lchagan vaqtingizda o‘lchovni to‘la-to‘kis qilingiz va to‘g‘ri tarozuda tortingiz! Mana shu yaxshi va chiroyli yechim (hukm) dir». (Isro surasi, 35-oyat).
Tarixdan ma’lum, Shuayb alayhissalomning qavmlari tarozu va boshqa o‘lchovlarda haddan oshganlari bois halok bo‘ldilar. O‘lchovdan urib qoladiganlar to‘g‘risida Alloh taolo: «(Savdo-sotiqda o‘lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalar holiga voy! Ular odamlardan (biror narsani) o‘lchab olgan vaqtlarida to‘la qilib oladigan, ularga o‘lchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa urib qoladigan kimsalardir», – deb ogohlantiradi. (Mutoffifun surasi, 1-3-oyatlar). Bundan, o‘lchanadigan barcha narsalarda oluvchining haqqiga xiyonat qilib o‘g‘irlashning oqibati yomonligi ma’lum bo‘ladi.
Xiyonatkorning, garchi mo‘min bo‘lsa ham, hisob-kitobi og‘ir bo‘lishi hadislarda bayon qilingan. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan bunday rivoyat qilinadi: “Men: Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Albatta, ajrim kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir” oyati haqida xabar bering, deganimda, Janob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ey Muoz, ulug‘ ish haqida so‘rading, qiyomat kuni Alloh taolo ummatimdan o‘n toifaning jasadini o‘zgartirib, turli shaklda tiriltiradi. Ular orasida birovning haqqini nohaq yeydiganlar ham bo‘ladi” ,– deya ta’kidladilar”.
Molik ibn Dinor aytadi: “Qo‘shnim o‘limi yaqinlashgan payt “ikki olovli tog‘” deb takrorlardi. Men undan: “Nima deyapsan?”, – deb so‘radim. U: “Ey Abu Yahyo, mening ikkita o‘lchov asbobim bo‘lib, biri bilan o‘zimga o‘lchab olsam, ikkinchisi bilan boshqalarga o‘lchab berardim”, dedi.
Barchamiz birovning haqqiga tajovuz qilishdek qabih ishlardan tiyilsak, hisob-kitobimiz oson bo‘ladi.
Muallif: Ravshan Kamolov, Buxoro shahridagi “Sayfiddin Boxarziy” jome’ masjidi imom-xatibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi