Buxoro yangiliklari

“Bosch” kompaniyasi Buxoroda birinchi rasmiy savdo do‘konini ochdi

photo 91 1

Loading

Buxoro shahrida Germaniyaning “Bosch” kompaniyasi birinchi rasmiy dillerlik savdo do‘koni ochildi.

Ochilish marosimida Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i M. Rahmatov hamda “Bosch” kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu dillerlik savdo do‘koni tadbirkor Umid Murodjonov tomonidan tashkil etgan bo‘lib, aholiga sifatli maishiy texnika mahsulotlari sotish va xizmat ko‘rsatish maqsad qilingan.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, dillerlik savdo do‘konida “Bosch” kompaniyasida ishlab chiqarilgan maishiy texnika mahsulotlarining barcha turdagi texnikalari sotuvda bo‘lib, hozirda 50 dan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud.

Shu o‘rinda ushbu kompaniya haqida qisqacha ma’lumot taqdim qilamiz. 1886-yilda Germaniyaning Shtuttgart shahrida Robert Bosch ismli shaxs «elektr jihozlari va aniq mexanika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasi» ni tashkil etdi. Aynan o’sha yili bugungi kunda butun dunyoga taniqli kompaniya paydo bo‘ldi. Dastlabki qadamlardan boshlab kompaniya innovatsiya yo‘lida bo‘lib, ijtimoiy mas’uliyat tamoyillarini asos qilib oldi.

Hozirgi kunga kelib dunyo boʻylab “Bosch” kompaniyasida ishlovchi xodimlar soni 402 000 nafardan ortiq bo‘lib, ular ishlovbchi do‘konlardagi sotish hajmi esa 78,7 milliard yevrodan ortiqdir. Shuningdek 60 ta mamlakatda 440 ga yaqin vakolatxonalar va mintaqaviy kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.