Maşhurlar

“3 yil ichida biz begonalarga aylandik” — Muborak «Afandining qizlari» guruhi haqida

photo 105 1

Loading

U oxirgi paytlar tushunmovchiliklar koʻp boʻlgani haqida aytgan.

“Afandining qizlari” guruhi aʼzosi Muborak YouTube platformasidagi “Yashin TV” ga bergan intervyusida guruh tarqalgani haqidagi savollarga javob berdi.

“– Koʻpmi-ozmi 3 yil birga ishladik. Biz juda ham yaqin insonlarga aylandik. Shu 3 yil ichida biz begonalarga ham aylanganga oʻxshaymiz. Baribir odam yaxshi kunini koʻp eslaydi, shuning uchun har bir daqiqaning qadriga yetishishi kerak. Boshida boshlaganimizda umuman boshqacha muhit edi va bugun umuman oʻzgardi. Hammada tarqalish xohishi boʻldi. Nigina bor paytda ham tushunmovchiliklar koʻp boʻldi. Oxirgi paytlarda bir-birimizni tushunishimiz qiyin boʻldi va guruh tarqaldi”, – dedi Muborak.

Shuningdek bloger oʻzining Instagram sahifasidagi storisida guruh tarqalganini rasman eʼlon qildi.

“Afandining qizlari The end”, — deb izoh qoldirgan Muborak Abdullayeva.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.