Jahon

Putinning to‘ngich qizi Moskva davlat universitetida dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

photo 931

Loading

Asli mutaxassisi injiner-matematik bo‘lgan siyosatshunos va jurnalist Mariya Pevchix Twitter da Rossiya prezidentining to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsova Moskva davlat universitetining “Fundamental tibbiyot” fakulteti dekani o‘rinbosarlaridan biri etib tayinlangani haqida post e’lon qildi.

Xususan, u joylashtirgan Fundamental tibbiyot fakulteti Ilmiy kengashi a’zolari bo‘lgan rasmda Voronsova Mariya Vladimirovna ham bor.

photo 02 296

“Tibbiyot fanlari nomzodi, ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari”, — deyiladi fotosurat yonida.

Ammo fakultet web-saytida bunday ma’lumotlar yo‘q. Voronsovaning familiyasi na ilmiy kengash a’zolari, na dekanat xodimlari ro‘yxatida ham ko‘rsatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Mariya Voronsova mutaxassisligi bo‘yicha pediatriya endokrinologi hisoblanadi. U 2011-yilda Moskva davlat universitetining yuqorida qayd etilgan fundamental tibbiyot fakultetini tamomlagan.

Vladimir Putinning ikkinchi qizi Katerina Tixonova faoliyati ham Moskva davlat universiteti bilan bog‘liq. U oliygohdagi “Innopraktika” fondiga rahbarlik qiladi, shuningdek, MDU Murakkab tizimlar matematik tadqiqotlari instituti direktori o‘rinbosari va MDU Sun’iy intellekt va intellektual tizimlar muammolarini istiqbolli tadqiq qilish instituti rahbari bo‘lib ishlaydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.