Buxoro yangiliklari
iPhone dastur va o‘yinlarini App Store dan tashqarida yuklab olish imkonini taqdim etidi
Apple kompaniyasi Yevropadagi foydalanuvchilarga «App Store do‘koni» dan tashqarida iPhone va iPad qurilmalariga ilovalar (dastur va o‘yinlar) ni yuklab olish imkonini berishni rejalashtirmoqda, – deya xabar berdi “Bloomberg” axborot agentligi.
Apple ning bunday qarorga Yevropa Ittifoqining 2024-yilda kuchga kiradigan talablari sabab bo‘lgani qayd etilgan. Ammo Apple yangi qoidalarni faqat Yevropa Ittifoqida qo‘llashi mumkin. Buni oldini olish uchun esa fuqarolari iPhone ishlatadigan boshqa davlatlarda ham Yevrova Ittifoqi qabul qilgan qarorni qo‘llashi kerak. Shunday qilinsagina kompaniya innovatsiyalar doirasini kengaytiradi.
“Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 2023-yilda qator o‘zgarishlarni tayyorlashi kutilmoqda. Shunisi ahamiyatliki, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Albatta, Apple o‘zining ilovalar do‘koni – App Store dan tashqari bo‘ladigan “store” lar uchun o‘z talablarini ta’minlashini istisno qilmaydi. Apple kompaniyasi ushbu vaziyat yuzasidan hali rasmiy izoh bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqining yangi qonunlari texnologiya kompaniyalaridan ilovalarni uchinchi tomon manbalaridan o‘rnatishga ruxsat berishni talab qiladi. Qonunlarning Yevropa Ittifoqi hududida oyiga kamida 45 000 000 foydalanuvchiga ega bo‘lgan kompaniyalarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsada, kompaniyalar 2024-yilgacha unga rioya qilishi majbur emas.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


