Buxoro yangiliklari
Buxoro viloyati hokimligi xodimlari salomatligi tekshiruvdan o‘tkazildi
Joriy yilning 7-yanvar kuni Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi maslahat poliklinikasida Buxoro viloyat hokimligi xodimlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan tashkil etildi.
Ushbu ko‘rikda 71 nafar hokimlik xodimlari ishtirok etib, 20 dan ortiq tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvidan o‘tkazildi.
Mazkur tibbiy ko‘rik jarayonida kasalliklari aniqlangan xodimlarning salomatligini tiklashlari uchun barcha zaruriy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, mazkur ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 5590-sonli Farmoni hamda 2020-yil 12-noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4891-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining shunga o‘xshash ommaviy ko‘riklarni sifatli o‘tkazish uchun tegishli tibbiy asbob-uskunalar va laborator-diagnostik apparatlari bilan to‘liq ta‘minlangani esa muassasaga tashrif buyuradigan barcha fuqarolar uchun qulaylik yaratishi shubhasizdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi