Islom
Rasululloh s. a. v.: “Agar gunoh qilsangiz, gunohingiz yer bilan osmoncha bo‘lib ketsa ham — tavba qilsangiz, Alloh taolo kechiradi”
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar gunoh qilsangiz, gunohingiz yer bilan osmongacha bo‘lib ketsa ham tavba qilsangiz, Alloh taolo kechiradi. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar siz gunoh qilmaganingizda Alloh sizlarni ketkazib, o‘rningizga gunoh qilib istig‘for aytadigan bir qavmni keltirur va ularni mag‘firat qilur” (Imom Ahmad va Muslim rivoyat qilishgan).
Sharh: Agar Robbimizning muborak Kalomiga e’tibor beradigan bo‘lsak, Alloh taolo juda ham ko‘p joylarda O‘z bandalarini tavba qilishga va istig‘for aytishga buyurdi. Biror joyda mutlaq gunoh qilmaslikka buyurmadi. Bu ham Alloh taoloning bizga bergan marhamatidir. Chunki Alloh taolo bandalarining toqati yetmaydigan narsaga mukallaf qilmagan. Mutlaq xato qilmaslikka esa insonning toqati yetmaydi.
Alloh taoloning bizga bo‘lgan yana bir mehribonchiliklaridan biri – gunohkor kishi uchun gunohidan poklanishi uchun nihoyatda ko‘p imkoniyatlar va til uchun yengil bo‘lgan kalimalarni ham O‘zi o‘rgatdi. Istig‘forni biz uchun najot kalimasi qildi.
Hazrati Ali roziyallohu anhu aytdilar:
“– Najot o‘zi bilan birga bo‘lib turib halok bo‘lgan kishidan ajablanaman”.
“– Najot nima?” – deb so‘rashdi.
Ali roziyallohu anhu:
“– Istig‘for”, – deb javob berdilar.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi