Texnologiyalar

Wi-Fi router qurilmasi yaqinida saqlash tavsiya etilmaydigan 10 ta buyum

photo 1065

Loading

Bugungi hayotni Wi-Fi routersiz tasavvur qilish qiyin. Tom ma’noda hamma narsa internetga bog‘liq: kimdir uydan ishlaydi, kimdir onlayn filmlarni tomosha qiladi va kimdir video qo‘ng‘iroqlarda soatlab suhbatlashadi.

Har qanday gadjetlar simsiz signalga ulanadi: smartfondan noutbukgacha, hatto aqlli maishiy texnikalar ham. Odatda qurilma koridorda yoki televizor yoniga joylashadi. Ammo muqobil yechim sifatida u hatto muzlatkich yoniga ham qo‘yiladi.

Umuman olganda, qurilma signalini o‘chirish qiyin. Ammo uning o‘zi magnit chiziqli kartalarni demagnetizatsiya qilishi va uzatish sifatini pasaytirishi mumkin.

Masalan, uning atrofida bank va diskont kartalarini saqlash tavsiya etilmaydi. Ular tezda yaroqsiz holga keladi. Ammo chipli karta router ta’siridan zarar ko‘rmaydi.

Avtomobilning signalizatsiya kaliti ham uning yaqinida vaqti-vaqti bilan ishlab ketishi mumkin. Shuningdek, domofon kaliti va bluetooth eshitish vositasini ham qo‘ymaslik lozim.

Yaqin atrofdagi mikroto‘lqinli pech Wi-Fi signaliga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu toifaga dvigatellar bo‘lgan changyutkich va boshqa jihozlar ham kiradi.

Routerni metall buyumlar bilan to‘sib qo‘ymaslik kerak, chunki metall elektromagnit maydon energiyasini yo‘qotadi. Uni devorlardagi beton va g‘ishtli tokchalarga ham o‘rnatmaslik tavsiya etiladi. Aks holda bunday burchaklarda to‘lqin to‘liq uzatilmaydi.

Agar kvartirada internet yaxshi ishlamasa, provayderdan kamchilik izlashga shoshmagan ma’qul. Balki undan foydalanishda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Wi-Fi uxlash uchun mo‘ljallangan joylar yaqiniga qo‘yilmasligi kerak. Agar organizm muntazam va uzoq vaqt davomida uning ta’siri ostida bo‘lsa, uning nurlanishi kichik bo‘lsa-da, salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Yaqinda amerikalik olimlar tajriba o‘tkazdi. Ular bir nechta kalamushlar kiritilgan qafas yoniga Wi-Fi router qo‘ydi. Kemiruvchilarning yetti foizida shish hosil qila boshladi. Bundan tashqari, hayvonlarda asabiylashish va giperfaollik kuzatildi.

Bu bilan qurilmani zararli vositalar qatoriga kiritib qo‘ymaslik zarur. Shunchaki sog‘liqni saqlashga yordam beradigan ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Mutaxassislar Wi-Fi ni oynali balkonga ko‘chirishni maslahat beradi, u yerdan signal uy va boshqa buyumlar uchun ham xavfsiz tarzda tarqaladi.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.