Buxoro yangiliklari
Buxorolik erkaklar uchun Rossiyada 20 mln so‘m beradigan ish taklif qilinmoqda
Rossiya Federatsiyasining “Stalmost” AJ bilan tuzilgan kelishuv shartnomasiga asosan, korxona O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga taklif qilmoqda.
Ish mutaxassisliklari:
1. Eletro-gazpayvandchi;
2. Metallokonstruksiya bo‘yicha chilangar;
3. Payvandchiga yordamchi;
4. Metallokonstruksiya bo‘yicha chilangar yordamchisi;
Ish haqi:
50 000 rubldan 104 000 rublgacha (ish soatiga qarab).
Ish beruvchi korxona tomonidan:
– yo‘l xarajatlarini to‘lab beriladi;
– patentgacha bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘lab beriladi;
– 3 mahal issiq ovqat beriladi;
– yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarga talablar:
– O‘zbekiston hududidan chiqishga taqiq bo‘lmasligi;
– 21 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
– sudlanmagan bo‘lishi;
– rus tilida boshlang‘ich darajada gaplasha olishi.
Ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolar 2023-yilning 18-yanvar kuni soat 10:30 da xorijga chiqish pasporti va shaxs guvohnomasi bilan birga Buxoro shahridagi “Ishga marhamat monomarkazi” binosiga kelishlari so‘raladi.
Manzil:
Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Piridastgir ko‘chasi, 13-uy.
Telefon raqamlari:
(+998) 65-226-56-99, (+998) 33-634-15-60, (+998) 93-966-99-59.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi