Buxoro yangiliklari
“G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytirilmoqda
G‘ijduvon tumanidan 150,8 gektar va Romitan tumanidan 200 gektar, jami 350,8 gektar bo‘sh yer uchastkalarini ajratish hisobiga “G‘ijduvon” EIZ hududi kengaytirilishi belgilandi. Bu bo‘yicha Prezidentning 2023-yil 11-yanvardagi 3-sonli qarorida so‘z borgan.
Qaror bilan, Buxoro viloyati hokimligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 1 oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib davlat yer kadastri ma’lumotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Shuningdek, viloyat hokimligi Qurilish va uy-joy kummunal xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat vazirligi bilan birgalikda “G‘ijdivon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” DUK mablag‘lari hisobiga 1 oy muddatda mazkur zonaning yangi hududlari bosh rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Ushbu qarorga ko‘ra, “G‘ijduvon” EIZ yangi hududlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
O‘z navbatida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari:
1. Ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlarini hamda avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — davlat budjeti mablag‘lari;
2. Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — tegishlicha ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq, ta’minotchi korxonalarga haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan 5% stavkada 3 yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan byudjet ssudasi mablag‘lari;
3. Aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha — ta’minotchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ta’minotchi korxonalarning hamda tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi