O‘zbekiston
Uzmobile abonentlari 15-fevralgacha mobil telefon orqali 60 dan ortiq TV va minglab filmlarni bepul koʻrishlari mumkin
Uztelecom kompaniyasi TV va kino tomosha qilish uchun bir vaqtning o‘zida 2 ta platformalarni ishga tushirmoqda. Bilar – TelecomTV va MediaBox. Endi sizda TelecomTV yoki MediaBox ilovasida sevimli telekanal, film va seriallarni joriy yilning 25-fevraliga qadar bepul bahramand bo‘lish imkoniyati mavjud.
Mazkur platformalarning afzalliklari:
– uydan chiqmagan holatda, bir necha daqiqa ichida xizmatga ulanish;
– kontentni bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalardan tomosha qilish;
– 1 ta ilova ichida xilma-xil telekanallar, kinolar, seriallar va mediakontentlar to‘plami;
– TV ko‘rsatuvlar arxivi, kontentni aqlli tanlash, jonli efir vaqtida “pauza” (to‘xtatib turish) va o‘tkazib ko‘rish.
Shuningdek, Uztelecom platformalarini ishga tushirish doirasida 2023-yilning 16-yanvaridan 15-fevraliga qadar “Uztelecom dan televideniye” aksiyasini e’lon qiladi. Unga ko‘ra, TelecomTV va MediaBox xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tganda, foydalanuvchilar 60 dan ortiq telekanallarni, shuningdek litsenziyalangan video-kontentni o‘z ichiga oluvchi TV kanallarining standart to‘plamini mutlaqo bepul tomosha qilishlari mumkin.
Ulanish Uztelecom simli internet va mobil aloqa xizmatlari abonentlari uchun amal qiladi. Xizmatdan foydalanish hududi – O‘zbekiston Respublikasi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi