Maşhurlar

Davron Kabulov Luiza Rasulova haqida: “Boshqa toifa” deb hisoblaydigan baʼzi odamlarning qancha yaxshi fazilatlari borligini koʻrdim

photo 211 1

Loading

Kuni kecha instabloger, aktrisa va boshlovchi Luiza Rasulova qarovsiz qolgan hayvonlarga yordam berayotgan videosini Davron Kabulov oʻz Instagram sahifasiga joyladi va “Million” jamoasi rahbari bu haqida oʻz fikrlarini yozib qoldirdi.

«Luiza Rasulova desa faqat * haqida gapirishga odatlanib qolganmiz. Tasavvurimiz keyeeng narsalarni qidiraverib torayib ketganini qarang))

Shu videoni koʻrib oʻzimiz inkor etadigan, yoqtirmaydigan, “boshqa toifa” deb hisoblaydigan baʼzi odamlarning qancha yaxshi fazilatlari borligi, shunchaki biz koʻrmaganga olishimiz haqida oʻylanib qoldim… Afsuski, biz fikr yo amalning oʻziga emas, balki kim tomonidan aytilgani yoki qilinganiga qarab qarsak chaladigan, “notoʻgʻri” shaxs boʻlsa, qoralaydigan (kuladigan) jamiyatga aylanib qolyabmiz…

…Qancha daydi it, yana qancha qarovchisiz mushuk sangʻiydi, mahallangizda? Arzimagan yemish bizni yana odamgarchilikka qaytadan yaqinlashtirishi mumkinligini oʻylab koʻrganmisiz?

“Odamlar och qolib ketyabdi-ku, it-mushukka balo bormi?” qabilida oʻylash qabihlik, savodsizlik, xudbinlik va yovuzlikning oʻzginasidir. Och odam mehnat qilishi, hech boʻlmasa, dardini aytish imkoniyatiga ega — aksariyat “odam” lardan sadoqatliroq jonivor doʻstlarimiz esa bu imkondan mahrum…», – deb yozgan Davron Kabulov.

Avvalroq Luiza Rasulova hatto nota nima ekanligini tushunmaydigan baʼzi blogerlar qoʻshiq kuylab, keyin odamlar ustidan kulganini aytib tanqid qilgan edi edi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.