Texnologiyalar

Sirg‘ali quloqchinlar borligini bilasizmi?

photo 1115

Loading

Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Nova kompaniyasi o‘zining “marvarid quloqchin” larini taqdim qildi. H1 Audio Earrings o‘zida ham moda, ham texnologiyani mujassam etgan.

Qizig‘i shundaki, quloqchinlarning marvaridi haqiqiy hisoblanadi va ularning orqasida 2 ta kolonkalar joylashgan. Garchi qurilmalar qulog‘ingiz ichida bo‘lmasa ham, ular audioni sizga, qulog‘ingizga yetkazib berish uchun “yo‘nalishli ovoz” texnologiyasidan foydalanadi. Bu esa yoningizdagi odamlar siz tinglayotgan narsalarni eshitmasligini ta’minlaydi.

Ma’lum qilinishicha, siz atrofingizda bo‘layotgan voqealar tovushi uyg‘un holatda birga musiqa tinglashingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, quloqchinlar shovqinni bekor qilish xususiyatiga ega emas. Alohida ta’kidlash joizki, quloqchinlarning quvvatlovchi keysi ham nafis va chiroyli dizaynga ega.

ushubu quloqchinlar to‘liq quvvat bilan 3,5 soatgacha musiqa tinglash yoki ichki o‘rnatilgan 4 ta mikrofon orqali 2,5 soatgacha gaplashish imkonini beradi. Quvvatlovchi keys bilan esa siz quloqchinlaringizni 3 marta to‘liq quvvatlab olishingiz mumkin, ya’ni bu bilan siz quloqchinlardan 14 soat foydalana olasiz.

Shuningdek, quloqchinlar musiqani boshqarish yoki qo‘ng‘iroqlarga javob berish uchun ichki o‘rnatilgan tugmalarga ham egam og‘irligi 7,7 gr tashkil qiladi.

photo 02 343

Nova H1 Audio Earrings bir qarashda quloqchin emas, taqinchoqlarga o‘xshaydi. Qolaversa, ulardagi marvaridlarning haqiqiyligi bilan ularning oddiy quloqchinlardan bir necha barobar qimmatroq bo‘lishi ma’noga ega. Shunday qilib, narxlar quyidagicha:
Tilla variant: €695;
Kumush variant: €595.

Marvarid quloqchinlar hozirda faqat Yevropada sotuvga chiqarilgan, lekin tez orada kompaniya ular Amerika va Yaponiya bozorlariga kirishni rejalashtirgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.