Jahon

Eron maktablarida 2024-yildan boshlab majburiy tarzda xitoy tili o‘qitadi

photo 1129

Loading

Eron 2024-yil boshidan maktab o‘quv dasturlariga xitoy tili kurslarini qo‘shadi. Bu haqida mamlakat Ta’lim vaziri Yusuf Nuriy e’lon qildi.

“– 2024-yilning 21-martidan boshlab, biz bir nechta tillarni, jumladan nemis va xitoy tillarini ixtiyoriy ravishda maktab dasturlariga qo‘shamiz”, – dedi Yusuf Nuriy.

O‘quvcghilarning ko‘pligini inobatga olib, mutasaddilar bu borada zaruriy choralarni ko‘rishlari kerak, – deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot uchun xitoy tili kurslari shu vaqtga qadar faqat Eron universitetlarida o‘qitilar edi.

Wikipediya ma’lumotlaiga ko‘ra, Eronda ta’lim markazlashtirilgan K-12 dasturi va oliy ta’limga bo‘lingan. Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim tizimi Ta’lim vazirligi, oliy ta’lim Fan, tadqiqot va texnologiyalar vazirligi, barcha tibbiyot sohalari esa sog‘liqni saqlash va tibbiyot ta’lim vazirligi tomonidan boshqariladi. 2016-yil holatiga ko‘ra,30-60 yosh oralig‘idagi eron aholisining 86% savodli hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich yosh avlodlar (15 yoshdan 24 yoshgacha) orasida esa gender tafovutlarisiz 97% gacha bo‘lgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.