O‘zbekiston

Bugun, 19-yanvardan xalqaro avtobuslar harakati tiklandi. Roʻyxat

photo 217 1

Loading

Joriy yilning 19-yanvar kunidan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.

“Ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 19 – yanvar sanasidan O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

19-yanvar kuni “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari ro‘yxati:

Soat 12:00 da
Toshkent – Moskva
Chipta narxi: 1 011 000 so‘m

Soat 16:00 da
Toshkent – Olma ota
Chipta narxi 200 000 so‘m

Soat 16:00 da
Toshkent – Ostona
Chipta narxi: 361 000 so‘m

Soat 17:00 da
Toshkent – Turkiston
Chipta narxi: 111 000 so‘m

Soat 18:00 da
Toshkent – Qizilo‘rda
Chipta narxi 161 000 so‘m

Soat 18:00 da
Toshkent – Olma Ota
Chipta narxi: 200 000 so‘m

Soat 18:00 da
Toshkent – Bishkek
Chipta narxi 261 000 so‘m

Qoʻshimcha ma’lumotlar uchun telefon: (+998) 71-207-87-00.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.