Salomatlik

Oddiy tuxum pishirishda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan 11 ta xato

photo 1131

Loading

Tuxumni qanday qilib to‘g‘ri qaynatish yoki qovurishni bilasizmi? Ishonchimiz komilki, siz ham ushbu xatolardan birini qilgansiz.

Tuxum nonushta uchun asosiy mahsulotlardan biri bo‘lib, kunni boshlash uchun chinakam sog‘lom taomdir. Tuxum yaxshi xolesterin miqdorini orttiradi, oqsil bilan ta’minlaydi, suyaklarni mustahkamlaydi, yallig‘lanishni kamaytiradi va mushak massasini oshiradi.

photo 04 145

Tuxumni qaynatishdagi 3 ta xato
1. Tuxumning yaxshi qaynashi uchun birinchi navbatda, yoriqlardan qochish kerak. Ular yorilib ketmasligi, kuchli qaynatganda suvga yoyilib ketmasligi uchun past olovda pishirilishi kerak. Past qaynatish tuxumlarning bir tekisda pishishini ta’minlaydi.
2. Tuxumlarni pishirishda idishlar ham muhim — mahsulot to‘liq suv bilan qoplangan va uning darajasi taxminan 5 santimetr yuqori bo‘lishi uchun chuqur idishlardan foydalanish kerak.
3. Vaqt ham xuddi shunday muhim. Tuxumning pishirish davri suv qaynay boshlagan zahoti boshlanadi, aynan shu paytdan boshlab vaqtni hisoblashni boshlash kerak. Bu 6-10 daqiqani tashkil qiladi.

photo 03 234

Tuxum qovurishdagi 3 ta xato
1. Tuxumlarni qovurishda sarig‘i yoyilib ketmasligini istasangiz, ularni birdaniga tovada emas, balki alohida idishga chaqish lozim. Qovurilgan tuxum ham bir xilda pishishi, pufakcha yoki jigarrang qobig‘i bo‘lmasligi kerak.
2. Tuxumni ko‘p qovurib bo‘lmaydi. Ideal qovurish harorati 125 dan 140 darajagacha. Haddan tashqari yuqori harorat mahsulotning kuyishiga olib keladi, markaz esa to‘liq pishmaydi.
3. Mahsulotlarni iloji boricha ehtiyotkorlik bilan tanlash lozim. Tuxum eskirganda, oq va sarig‘i yupqalashadi, ya’ni qovurilganda qalin qatlam hosil qilish o‘rniga yoyilib ketadi. Shuning uchun eski tuxum qovurilgandan ko‘ra yaxshiroq qaynatiladi.

photo 02 346

Omlet tayyorlashdagi 3 ta xato
1. Tuxumni juda uzoq vaqt aralashtirib bo‘lmaydi. Oq va sarig‘i birlashguncha tuxumni ko‘pirtirish kifoya, aks holda ularda juda ko‘p havo to‘planadi.
2. Tuxumning nozik ta’mini yo‘qotadigan nachinka tanlamaslik zarur. Qolaversa, nachinkani tuxumlarni tovada pishirayotganda emas, avvalroq tayyorlash kerak.
3. Agar omlet nachinkasi quyuq bo‘lsa, uni ertaroq qo‘shish mumkin. Aksincha bo‘lsa, tuxum pishishiga oz qolganda qo‘shish tavsiya etiladi.

photo 01 195

Tuxum-pashot tayyorlashdagi 2 ta xato
1. Tuxum pashotni tayyorlashda ehtiyotkorlik ortiqchalik qilmaydi. Tuxum sarig‘i va oqi mukammal mustahkamlikni saqlab turishi uchun har bir tuxumni alohida idishga chaqishni unutmaslik lozim.
2. Chuqurligi kamida 15 santimetr bo‘lgan idishdan foydalanish lozim. Pishirish taxminan uch-to‘rt daqiqa davom etadi. Agar suvda bir nechta tuxum bo‘lsa, harorat pasayadi va tuxumning mukammal pishishi uchun ko‘proq vaqt talab qilinishi mumkin.

Manba: “Daryo” nashri.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.