Jahon

O‘zjan Denizga ayblov qo‘yildi

photo 112

Loading

«Turkiyaning Jorj Klunisi» O‘zjan Denizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealar uning karyerasiga ham soya solmoqda.

Avvalroq aktyorning sobiq rafiqasi Feyza Aktanga qarshi «urush ochgani» haqida xabar berilgandi. Feyza prokuraturaga sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan shikoyat qilgan. Istanbulning bosh prokuraturasiga taqdim qilingan arizada aytilishicha, aktyor uning homiladorligi vaqtida barcha meros huquqi va alimentdan voz kechish bandini o‘z ichiga olgan nikoh shartnomasini imzolashga majburlagan.

2018-yilning 25-yanvarida O‘zjanning sobiq sevgilisi Buse Narji bilan qayta topishib olgani ma’lum bo‘lgan. Erining xiyonatidan keyin Aktan uni tark etishni istagan. Bunga javoban uni kaltaklagan va akasining pistoletini olib uni ham o‘zini ham o‘ldirishini aytib tahdid qilgan. Feyza kaltaklangani haqida tibbiyot ma’lumotnomasini qo‘lga kiritgan va eri bilan ajrashgan. Shundan keyin O‘zjanning akasi Erjan Deniz uyiga bostirib kirgani, tibbiy ma’lumotnomani bermasa, uni o‘ldirishini aytgan. Tahdidlarga chiday olmagan ayol ma’lumotnomani berib, telefonidagi kaltaklangani aks etgan suratlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, ajrashganidan keyin eri unga o‘lim bilan tahdid qilib o‘g‘liga vasiylikni otasiga berish mazmunidagi shartnoma imzolashga majburlagan. Bu kabi ayblovlarga jim qarab tura olmagan aktyor bularning bari atayin yangi «Seni uzoq kutdim» serialining premyerasi arafasida uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan, ammo nima uchundir hozirga kelib ovoza qilinayotgan ayblovlar va tuhmatlarni tan olmasligini qo‘shimcha qilgan.

U o‘g‘lini ushbu janjaldan qutqarishni istashi, unga moddiy va ma’naviy meros qoldirishni istashi hamda hech qachon omma oldida farzandining onasi haqida salbiy fikr bildirmasligini aytgan. Shunga qaramay, aktyorning Instagram stories’sida bo‘lishgan iqtibosi uning rafiqasiga qaratilganini bilish mumkin. Unda odamlarning muammosi va boshqalar bilan janjallashishining sababi baxtsiz bolaligi va boshqalarga kerakligini his qilmagani bilan bog‘liqligi yozilgan.

Ushbu voqealardan keyin ko‘plab muxlislarning aktyordan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ham yetmagandek ijtimoiy tarmoqlarda u suratga tushgan yangi serialni ko‘rmaslikka da’vat etuvchi fleshmoblar boshlab yuborilgan.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.