Texnologiyalar

Muslima qizlar uchun badani ko‘rinadigan, rangini bildiradigan darajada shaffof kiyim kiyish joiz emas

photo 1136

Loading

Libos uchun ishlatilgan mato ipakka o‘xshab, shariatda harom qilinmagan bo‘lsa, haloldir (faqat ayollar uchun).

Shar’iy yo‘l bilan so‘yilmagan, o‘zi o‘lib qolgan hayvonlarning terisini oshlagach, kiyim qilib kiysa bo‘ladi.

Go‘shti halol hayvonlarning juni, qili va momig‘idan qilingan kiyimlar pokdir. Uning tirik yoki o‘lik hayvondan olinganining farqi yo‘q.

Jumhur fuqaholar: “Yirtqich hayvonlarning terisini oshlab, kiyim qilsa, joizdir”, deyishgan.

Modomiki, harom narsadan bo‘lmasa, chiroyli kiyimlarni kiyish mubohdir.

Juma, iyd (hayit) va odamlar jamlanadigan yig‘inlar uchun manmanlik va kibrdan uzoq bo‘lgan holda yasanish mustahabdir.

Kim imkoni bo‘laturib, mazkur yasanishni qasddan tark etsa, xato qilgan bo‘ladi.

Oq rangli kiyim mustahabdir.

Qip-qizil rangli kiyim erkaklarga makruhdir.

Qora rangli kiyim joizdir.

Yashil rangli kiyim, jannat ahlining kiyimi bo‘lgani uchun, mustahabdir.

Turli rangli chiziqlardan iborat matodan bo‘lgan kiyim joizdir.

Xoch (“krest”) surati bor kiyim kiyish ham maqbul emas.

Jonsiz, tirik bo‘lmagan narsalar surati bo‘lsa, zarari yo‘q.

Badani ko‘rinadigan, rangini bildiradigan darajada shaffof kiyim kiyish joiz emas. Imom Bayhaqiy Alqamadan qilgan rivoyatda aytilishicha, Hafsa binti Abdurrahmon Oysha roziyallohu anhoning oldilariga shaffof ro‘mol o‘rab kirganida, qalin ro‘mol o‘ratib qo‘yganlari aytiladi.

Odamlarning odatiga xilof kiyim ham makruhdir. Odatda bu kabi kiyimlar shuhrat uchun kiyiladi. Bunday kiyim kiyganlarni boshqalar g‘iybat qiladi va gunohlariga u ham sherik bo‘ladi.

Abulfaraj quyidagilarni aytadi: “O‘tgan solihlar o‘rtacha kiyim kiyishar edi. Juda yuqorisini ham emas, juda pastini ham emas. Kiyimning yaxshisini juma, ikki hayit va birodarlar bilan uchrashuvga ixtiyor qilishar edi. Ularning odati bo‘yicha, yaxshi kiyim tanlash qabih emas edi”.

Hanafiy va Shofi’iy mazhablari ulamolari: “ilmli kishilarning kiyimi juda yaxshi bo‘lishi mandubdir”, deyishgan. Shu bilan birga, ular keng va ko‘zga tashlanadigan kiyimlarni kiyishlari lozim. Bu bilan ilmning maqomi zohir bo‘ladi. Odamlar ularni darhol tanib, savollarini berishadi.

Manba: Mir Arab oliy madrasasi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.