Özbekiston

Facebook va Instagram ayollar siynalariga oid siyosati sabab, O‘zbekistonda bloklanadimi?

photo 1150

Loading

Kecha, 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov eng ommabop ijtimoiy tarmoqlar hisoblanagan Facebook va Instagram ni boshqaradigan kompaniya – “Meta” ning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlat siyosati bo‘yicha vitse-prezidenti Saymon Miller va kompaniyaning Boshqaruv direktori, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan uchrashganligi ma‘lum qildi.

photo 02 351

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Meta kompaniyasi hamkorligi doirasida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilingan.

“– Samimiy va do‘stona hurmat uchun Saymon Milnerga va ayniqsa, do‘stim Jorj Chenga katta rahmat”, – deb yozgan K. Allamjonov o‘zining sahifasida.

Bundan avval “Meta” kompaniyasi Facebook va Instagram da ayollarga siynalarini ochib tushgan suratlarini joylashga ruxsat berishi xabar bergan edi. O‘zbek internet segmentida esa ushbu xabardan keyin yuqridagi platformalar O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Komil Allamjonovning Meta bilan hamkorlik uchrashuvi esa ehtimol, ushbu mish-mishlarga yakun yasadi. Sababi, O‘zbekiston va “Meta” kompaniyasi hamkorlikda yangi loyihalar amalga oshirar ekan, Facebook va Instagram hali O‘zbekistonda uzoq yashaydi.

photo 03 236

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Facebook algoritmlari AQSh lik transgenderlar joylashtirgan suratlarini kontent qoidalarini buzgan deb hisoblab, postni bloklaydi. Ammo qilingan shikoyatlardan so‘ng ijtimoiy tarmoq moderatorlari postni qayta tiklashadi.

Bu vaziyat esa kompaniya kuzatuv kengashi e’tiboriga tushadi. Ular Facebook da amalda bo‘lgan kontent joylashtirish qoidalarini noto‘g‘ri deb topishadi va yangi qoidalarni o‘rnatishni tavsiya qiladi. “Meta” kompaniyasi kuzatuv kengashi tavsiyalariga omma oldida javob berish uchun 60 kun vaqti bor, biroq “The Guardian” nashriga ko‘ra, kompaniya allaqachon qarorni “ma’qullashini” aytgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.