Buxoro yangiliklari

Antimonopoliya qoʻmitasi Buxoroda sotilayotgan benzin sifati va narxi yuzasidan “zapravka” larda oʻrganish olib bordi

photo 226 1

Loading

Buxoro viloyatida jami 139 ta AYQSH lar mavjud boʻlib, ayni kunlarda shulardan 4 tasida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xabar qilmoqda.

Buxoro viloyatidagi AYQSH lar tomonidan  bugungi kun holatiga jami 6 235 tonna AI 80 markali benzin birja savdolari orqali xarid qilingan.

Joriy yilning 21-yanvar holatiga 3 711 tonna benzin mahsuloti AYQSH lar tomonidan isteʼmolchilarga sotilgan boʻlib, 3 027,3 tonna zahira benzin mavjud.

Hududiy boshqarma oʻrganish olib borgan vaqtda Buxorodagi shaxobchalarda AI 80 markali benzinning 1 litri 5 700 soʻmdan sotilayotganligi aniqlangan.

“Bugungi kun holatiga Buxoro viloyatida qonunbuzilish holatlari kuzatilmagan. Viloyatda sifatsiz benzin mahsulotini sotish, narxlarni oshirish holatlari aniqlanmadi”, – deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, benzin narxining asossiz oshib ketmasligi va aholiga sifatli benzin mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida barcha hududlarda ishchi guruh faoliyati davom etib, doimiy monitoring olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.