O‘zbekiston

Bosh vazirning buxorolik maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

photo 1160

Loading

Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, Mehriddin Xayriddinov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamentining boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Ma¹lumot uchun, Mehriddin Xayriddinov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U 1999-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini tamomlagan.

G‘ijduvon tumanidagi 46-maktabda 2000–2001 yillarda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2001–2008 yillarda Mehriddin Xayriddinov Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1-, 2-, 3-toifa muhandisi, tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Mehriddin Xayriddinov Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 2008–2010-yillarda yetakchi mutaxassis, 2010–2014-yillarda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasining 1-kotibi, 2014–2017-yillarda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan, so‘ngra 2017–2018-yillarda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsuli bo‘lgan.

Bosh vazirning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi prezidentning 2019-yil 20-avgustdagi chet elda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari va ularning oilalarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga kiritilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.