O‘zbekiston

Intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

photo 1161

Loading

Ijtimoiy tarmoqlar O‘zbekistonda ham ommalashib borar ekan, ular bilan bog‘liq kiberjinoyatlar ham ko‘payib bormoqda. Xususan, so‘nggi paytlarda Telegram orqali o‘zganing intim suratlarini uning ruxsatisiz tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilish holatlari ko‘p uchramoqda. Adliya Vazirligi tomonidan taklif qilinayotgan yangi qonun loyihasi esa, ehtimol, bunday kiber-jinoyatlarning oldini olishi mumkin.

Xususa, vazirlik tomonidan xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, xotin-qizlar, bolalar huquqiy himoyasi tizimini kuchaytirish maqsadida yangi javobgarlik turlarini joriy etish taklif etilmoqda. Xususan, intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 1413-modda bilan to‘ldiriladi:

“Shaxsning roziligisiz uning tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto- va (yoki) video tasvirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoki bunday ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitish – bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 million so‘mdan 180 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi”.

O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa,

360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Qonun loyihasi muhokamasi 26-yanvarga qadar davom etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.