Maşhurlar
“Mendirman Jaloliddin” seriali bosh qahramoni Emre Kiviljin haqida qiziqarli ma’lumot
Emre Kiviljim — turk kino va televideniye aktyori. 12 yoshigacha u o‘zi tug‘ilgan shahar – Malatyada yashagan, keyin oilasi bilan Istanbulga ko‘chib o‘tgan.
Bo‘lajak aktyor 2012-yilda oliy ma’lumotli bo‘lgan. Uning asosiy ixtisosligi – kimyo muhandisligidir. Bir muncha vaqt Kiviljim mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishladi. Bo‘sh vaqtlarida esa Turkiyadagi Sadri Alishiq nomidagi madaniyat markazida aktyorlik yo‘nalishida tahsil olgan.
Aktyor ilk bor 2014-yilda “Zaytun moyini yeya olmayman” filmda suratga tushgan. Keyingi filmi rejissyor Ahmet Kuchukkayalining “Cinayet-i Ask” qo‘rqinchli filmi bo‘ldi. 2014-yilda esa “Elif” serialida Kenanning ukasi Selim rolini ijro etgan. “Uning ismi Zehra” serialidagi Genjo Yaman roli 2018-yilda nasib etgan.
2019-yilda Emre Kiviljim Komil Aydinning “Turklar kelmoqda” tarixiy dramasida bosh rolni ijro etgan. Mana shu filmdagi muvaffaqiyatli chiqishi tufayli ham bir muncha vaqt o‘tgach, “Mendirman Jaloliddin” yangi tarixiy loyihasida suratga tushish uchun shartnoma imzoladi. Bu yerda aktyor bosh qahramon – Jaloliddin rolini ijro etadi.
“Mendirman Jaloliddin” filmida birgalikda bosh qahramonlarni ijro etgan turk aktyori va taniqli o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova o‘rtasidagi munosabatlar haqida ham turli mish-mishlar yurishi hech kimga sir emas.

Aktyor o‘zining Instagram sahifasiga joylagan yuqoridagi surat ko‘pchilik muhlislarning savollariga javob bo‘ldi.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


