Buxoro yangiliklari
Ğijduvonda ilğor öqituvçilarning oyligi 15–17 million sömga yetmoqda
Ğijduvon tumanidagi 67- va 28-sonli umumta’lim maktablarida ta’lim sifati hamda “Ustoz-şogird” an’anasini rivojlantiriş tajribasi ommalaşmoqda. Ilğor öqituvçilarning oylik maoşi ustamalar va sertifikatlar hisobiga 15–17 million sömga yetmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Tumanda öqituvçi va öquvçilar barça turdagi dala işlari hamda ortiqça vazifalardan töliq ozod etilgan. Öquvçilar darslar va fan tögaraklarida muntazam qatnaşib, turli sertifikatlarni qölga kiritmoqda. Ular mamlakatimizdagi 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasasiga öqişga kirmoqda.
Attestatsiya jarayonlari yiliga ikki marta — bahor va kuz oylarida taşkil etilmoqda. Bu yoş mutaxassislarga ikki yil içida uç poğona, ya’ni mutaxassis toifasidan oliy toifagaça kötariş imkonini bermoqda.
Attestatsiyada 86 balldan yuqori natija körsatgan öqituvçilarga 70 foizlik ustama beriladi. Vazir ustamasi va sertifikatlar uçun tölanadigan qöşimçalar bilan birga, ilğor pedagoglarning oyligi 15–17 million sömni, manbada keltirilgan taqqoslaş böyiça 1 000–1 500 AQŞ dollarini taşkil etmoqda.
Yaratilgan moddiy imkoniyatlar tufayli maktablardagi erkak ustozlar boşqa sohalarga çalğimasdan, pedagogik faoliyat orqali oilasini ta’minlamoqda. Ular jismoniy tarbiya bilan bir qatorda aniq, ijtimoiy va STEAM fanlari hamda xorijiy tillardan dars berib, öquvçilarning bilimga qiziqişi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlaşga hissa qöşmoqda.
Mingdan ortiq öquvçi ta’lim oladigan 28-sonli maktabda sport zali qayta ta’mirlangan va zamonaviy mini-futbol maydoni qurilgan. Muassasada 11 ta sport tögaragi faoliyati yölga qöyilgan. Maktab sportçilari bir neça yildan buyon “Quvnoq startlar” musobaqalarida respublikaning kuçli uçligi safidan joy olib kelmoqda.
Hokimlikning qayd etişiça, ta’lim fidoyilarini moddiy va ma’naviy qöllab-quvvatlaş hamda jamiyatda muallim obrösini kötarişga qaratilgan imkoniyatlar pedagoglarning kasbiy mas’uliyatini oşirmoqda. Bu yoş avlodga jahon standartlari asosida ta’lim-tarbiya berişga xizmat qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


