Mashhurlar
Buxorolik Sitora Farmonova 12 yoshida kafega ishga kirgani, hayotidagi qiyinchiliklari haqida gapirib berdi
Iste’dodli aktrisa, nafaqat o‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, balki chet el kinofilmlarida suratga tushib, muvaffaqiyatga erishgan Sitora Farmonova “Sevimli” telekanalining “O‘zim” nomli ko‘rsatuviga bergan intervyusida bolaligi, tirikchilik sabab, ishlashga majbur bo‘lgani va hayotidagi qiyinchiliklari haqida gapirib berdi. “Daryo” nashri ushbu suhbatni matnli ko‘rinishda taqdim etdi.
“– Boshimga sinov kelgandan keyin tubdan o‘zgardim”, – deydi Sitora Farmonova.
O‘g‘il boladan battar edim, men borgan joyda odamlar dod derdi. Qarindoshlar shu qizingni olib kelma, deb ota-onamning yuziga aytishardi. Daraxtlarni, tomlarni ustiga chiqib yuradigan, o‘g‘il bolalarni do‘pposlaydigan qiz bo‘lganman. Buxorodagi maktabda tahsil olganman, haligacha sinfdoshlarim ko‘rsa, eslashadi. Har kuni maktab direktori kabinetiga kirar edim, bilimim a’lo, xulqim yaxshi emasdi. Juda to‘polonchi, urushqoq bo‘lganman. Janjal sabab uyimizga ota-onalar kelganda, otam: “Bolam, qiz bolasan, erta-indin chiroyli, nozik bo‘lasan. Katta bo’lgandan keyin turmushga chiqishing kerak, sen qiz bolaga xos ishlarni qilmayapsan. Nima bu ahvol?”, — derdi. Men esa xo‘p deb qo‘yar edim.
Maktabdan qaytayotganimda ariq ko‘ramanmi, favvora ko‘ramanmi, papkamni chetga otib, suvga sakrardim. Cho‘milib, kiyimlarimni yirtib, birov gapirsa urib, to‘polon qilib, daydiga o‘xshaydigan farzand bo‘lganman. Boshimga sinov kelgandan keyin tubdan o‘zgardim. Umuman boshqacha Sitoraga aylanib qolganman.
“– Yoshligimda chiroyli, hashamatli oqshom liboslarini tikaman deb orzu qilganman”, – deydi Sitora Farmonova.
Ikkala buvim ham tikuvchi bo‘lgan. Dadamning onalari Buxorodagi taniqli san’at vakillariga liboslar tikkan. Bu buvimnikiga borsam, mato bo‘laklarini olib, bir narsalar tikardim. Buvilarim yoshligimdan tikishga o‘rgatgan. Buvimning eski davrda olingan taxtali, oyoq harakatlari bilan ishlovchi tikuv mashinasi bo‘lardi, o‘sha mashinani menga sovg‘a qilgandilar. Yoshligimda chiroyli, hashamatli oqshom liboslarini tikaman, – deb orzu qilganman. Xayolimda san’atkor bo‘laman, – degan fikr umuman bo‘lmagan.
Buxoroda juda ham o‘ziga to‘q oilada katta bo‘lganman. Toshkentga ko‘chib kelganimizdan keyin birdaniga boshimizga sinov kelganida hayron bo‘lib qolganmiz. Dadam har doim biznes qilgan, onam esa maktabni bitirganlaridan keyin dadamga turmushga chiqqan. Onam umuman ko‘chaga chiqmagan qiz bo‘lgan, ikki bekat nariga borsalar adashib qolgan, buvim juda ham qattiqqo‘l bo‘lgan. Onam, xolalarimning tarbiyasiga juda qattiq bo‘lishgan, tog‘alarim maktabgacha qo‘riqlab borgan. Onam turmushga chiqqanidan keyin rashk sababli dadam ularni uydan chiqarmagan, chunki dadam juda ham rashkchi, onam esa chiroyli.
“– Maktabda o‘qib turib, darsdan so‘ng ishlashni boshladim”, – deydi Sitora Farmonova.
Qayerdan pul topishni, qanday qilib yashashni bilmaganmiz. Onam maktabni bitirgandan keyin umuman ko‘chaga chiqmagan, farzandlarni qanday qilib boqamiz deb tushkunlikka tushgan. Men kichkinaman, singlim 11 yosh, ukam 6,5 yosh edi. O′shanda 9-sinfda edim. Maktabda ham qiyinchilik bo‘lgach, 9 yoshimdan ro‘zg‘or tebratishga majbur bo‘lganman. Hayot davom etyapti, yashash kerak. Maktabda o‘qib turib, darsdan so‘ng ishlashni boshladim.
Uyimiz oldida kafe bor edi, onamga “men ishlayman” deb aytdim. Boshida qarshi bo‘ldilar, keyin oilada katta farzandligimni, yordam berishim kerakligini aytdim. Kafedagi oshpazga yordamchi bo‘lib, ishga kirdim. Menga yordam bergan narsa – onam uyda xizmatkorlar bo‘lsa-da, menga ovqat qilishni o‘rgatardi. Menga ham, singlimga ham erta-indin turmush qurasizlar, qo‘lingizdan ish kelishi kerak deb aytardi.
“Kafeda yordam berganim uchun oylik olar edim, beriladigan pul ro‘zg‘orga ketardi”, – deydi Sitora Farmonova.
Esimda: singlim bilan 9-10 yashar qiz edik. Nima qilsalar, bizga o‘rgatardilar. Ovqat pishirishni o‘rgatganlari menga juda katta yordam bergan. Kafega oshpaz yordamchisi bo‘lib ishga kirganimdan keyin, ularga yordam berishga harakat qilardim. Ro‘zg‘ordagi eng yaxshi ko‘rgan ishim — oshxona. Salat, ovqat tayyorlashni juda yaxshi ko‘raman. Kafeda yordam berganim uchun oylik olardim, beriladigan pul ro‘zg‘orga ketardi.
Uyga kelib tort, pahlava pishirib, uni bo‘laklarga bo‘lib kafega olib chiqib sotar edim. Bir sutkada 1 – 1,5 soat uxlar edim, tongda ko‘zimni ochib, yana ishga chiqib ketardim. 15 yoshimda onam bilan bulochka sexiga ishga kirdim. Qishning sovuq kunlarida ikki bekat yurib, ona-bola qavat-qavat kiyinib birgalikda sexga borardik. Hamma mahsulotlarni tayyorlab, katta-katta listlarda bulochkalarni pishirardik.
Keyin uni hammasini hisoblab, Damasga ortib berar edik. Yarim tunda uyga kelib, kiyimimizni almashtirib, soat kech 7 – 8 ga yaqin bulochkalarni sotgani “Chorsu” bozoriga borardik.
“– Inson har doim o‘zini mahkam tutib, to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi kerak”, – deydi Sitora Farmonova.
“Yo‘ldan aynitmoqchi bo‘lgan takliflar ko‘p bo‘lgan. Inson har doim o‘zini mahkam tutib to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi kerak. O‘shanda ‘Prestij’ degan gazetalar bo‘lar edi. Gazetadan qirqib olingan qo‘l telefonning suratini qulog‘imga qo‘yib, oyna oldida o‘zimga qarab: Hali mening ham telefonim bo‘ladi, chiroyli kiyimlar sotib olaman, derdim”, — deydi aktrisa…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi