Buxoro yangiliklari

Endi Buxorodan Toshkentga boradigan avtobus chiptasini mobil telefoningiz orqali olishingiz mumkin

photo 1227

Loading

Transport vazirligining xabar berishicha, O‘zbekistonda bugun, 31-yanvar kuni rasman “UzBus” mobil ilovasi ishga tushirildi. Ushbu dastur orqali foydalanuvchilar “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.

Yo‘lovchilar mobil ilova yordamida avtovokzaldan amalga oshirilayotgan barcha yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega.

“UzBus” mobil ilovasi orqali “Buxoro – Toshkent – Buxoro” yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.

photo 02 370

Bosqichma-bosqich barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.

Mobil dasturni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.avtoticket.uzbus.
iOS: mavjud emas.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.