Buxoro yangiliklari

Jondorda 73 yoshli fuqaro necha pul evaziga erkak va ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun o‘z uyidan joy berdi?

photo 1237

Loading

Joriy yilning 23-yanvar kuni Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Oriyat” tezkor profilaktik tadbiri davomida “Navgadi” mahallasida yashovchi 73 yoshli M. A. ismli erkak soat 23:00 lar atrofida o‘z uyida M. U. ismli erkak va Q. U. ismli ayolning jinsiy aloqa qilishi uchun 50 000 so‘m evaziga sharoit yaratib berib, fohishaxona tashkil etganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan M. A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta’kidlash kerakki, IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan shu va boshqa xuddi shunday profilaktik tadbirlar muntazam ko‘rinishdda bo‘lib, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli dasturida ko‘zda turilhan reja asosida olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.