Jahon

Amerika razvedkasi rahbari Ukraina va Rossiyaga sulh tuzishni taklif qilish uchun taraflar bilan uchrashgani rostmi?

photo 1248

Loading

2023-yilning yanvar oyi o‘rtalarida AQSh razvedkasi rahbari Uilyam Berns Kiyev (Ukraina) va Moskva (Rossiya) ga borgan. U Jo Bayden topshirig‘iga ko‘ra, tomonlarning muzokaralarga tayyorligini baholashi kerak bo‘lgan.

Shveytsariyaning “Neue Zürcher Zeitung” nashrining nemis amaldorlariga tayanib, xabar berishicha, U. Berns Ukraina hududlari evaziga tinchlik variantini taklif qilgan. Xususan, Rossiyaga Ukrainaning 20% hududi hisobiga urushni tugallashi kerak bo‘lgan. Ammo bu taklifga har ikkala tomon ham rozi bo‘lmagan.

Shuningek, manbalar Vashingtonda urushni tugallash bo‘yicha bahs ketayotganini ta’kidlashgan. Markaziy Razvedka Boshqarmasi boshlig‘i Uilyam Berns va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan nizoni tezroq tugatish va Xitoy masalasiga e’tibor berishga chaqirmoqda. Davlat departamenti boshlig‘i Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin esa Kiyevni yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlash tarafdori.

U. Bernsning Moskvaga tashrifi haqida bundan avval hech qanday ma’lumot berilmagan, rasmiy manbalar ham jim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.