Mashhurlar

“Hamma shovqin ham musiqa bo‘lavermaydi”. Shuhrat Daryo xonanda Janob Rasulni tanqid qildi

photo 249 1

Loading

Xonanda Shuhrat Daryo “Daryo” internet nashrining YouTube dagi kanaliga bergan intervyusida baxtni boylikda deb bilmasligi, hayotdagi yagona armoni va ba’zi xonandalar ijodiga e’tirozi borligi haqida aytib o‘tdi.

U san’atkor bo‘lganimdan juda mamnunligini va moddiy ahvolidan shikoyat qilmasligini aytdi. Uning nazarida inson baxti faqatgina boylik bilan bog‘liq emas. Xonandaning aytishicha, do‘stlari orasida shoir va yozuvchilar juda ko‘p. Shuning uchun ziyoli insonlar davrasida yurgani, hamsuhbat bo‘lgani katta ahamiyat kasb etadi.

Xonanda suhbat davomida Janob Rasul ijodiga e’tiroz bildirdi. Bundan tashqari, gitarani ham nozik chertish kerakligi haqida yosh xonandalarga o‘z tavsiyalarini berdi.

“ – Labingdagi pomada, yigiting yo‘q chamamda” deb baqirib qo‘shiq aytsa, zo‘r aytayotgandek tuyuladi. Televizorda “Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyib jon-u, jahon o‘rtar” deb birorta mumtoz qo‘shiqlar efirga berilsa, ayrim yoshlar “Dada, sizning ashulangiz chiqdi”, – deb sekingina boshqa telekanalga olib qo‘yadi. Xorijlik tinglovchilar uchun o‘zbek mumtoz qo‘shiqlari qiziq. Ammo xalqimiz uchun… Vaholanki, to‘ylarda aytilayotgan xorij musiqalarining vatanini surishtirib borsa, ularning tarixi 1 000 yilga ham bormaydi. Ularning mumtoz qo‘shiqlari ham yo‘q. Afsuski, ommaviy madaniyatga ergashish va tinglovchi didini shakllantirishda o‘zbek xonandalarining hissasi katta. “Shunaqasini yaxshi eshitishyapti-yu, bo‘laveradi”, – deb duch kelgan musiqaga matnni qo‘yib aytaversa, oqibati yaxshi bo‘lmaydi.
Keyingi paytlarda gitara jo‘rligida qo‘shiq aytish ham urfga aylandi. Ammo ba’zi xonandalarning gitaraga qo‘pol munosabatda bo‘lib, jazava bilan uni chalishlari g‘ashimni keltiradi. Xorijliklar buni ko‘rishsa, ustimizdan kulishadi. Chunki, gitara ham sehrli soz, uni ham noziklik bilan chalish kerak. Hamma shovqin ham musiqa bo‘lavermaydi”, – deydi Shuhrat Daryo.

Shuningdek, xonanda buyutma she’rlar yozdirmasligi va qo‘shiq yaratishda, asosan, kitoblardan foydalanishi haqida gapirib, bu borada nihoyatda talabchan ekanligini aytdi.

To‘liq suhbatni quyida tomosha qiling:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.