Mashhurlar
Pul topish uchun yuzimni berkitib, ko‘cha supurganman – “Dizayn” jamoasi aʼzosi Elmurod Haqnazarov
“Dizayn” jamoasi a’zosi, qiziqchi Elmurod Haqnazarov “Daryo” nashrining YouTube kanaliga bergan intervyusida achchiq xotiralar sababzbolalikka qaytishni istamasligi, pul topish uchun ko‘cha supurishga majbur bo‘lgani va futbolchi bo‘lish orzusi armonga aylangani haqida so‘zlab berdi.
“– Men Farg‘onaning Chimyon qishlog‘ida dunyoga kelganman. U yer haqiqiy rivojlangan shaharcha bo‘lib, sanoati va dam olish sanatoriylari bilan mashhur. Bolaligim yomon o‘tmagan, ammo “Unga qaytishni istaysizmi?”, – deyishsa, yo‘q degan bo‘lardim”, – deydi qiziqchi.
Buni E. Haqnazarov bolalik bilan bog‘liq achchiq xotiralarim borligi bilan izohlaydi. Ulardan biri, u o‘qigan maktab eshigi tagida onasi va buvisi mayda-chuyda narsalar sotib o‘tirarishini, qishda ularning sovuqda o‘tirganini ko‘ra turib, maktabga kirib ketishga majbur boʻlganligi haqidagi xotiralari borligida.
Shuningdek, uning eslashicha, dadasi zavodda ishlagan payti u yerda portlash boʻlgan, onasini it tishlagan va shunga oʻxshash voqealar bolaligida qattiq iz qoldirgan. Lekin uning yoshlik paytlari faqat qiyinchilikda oʻtmagan, baxtiyor kunlari ham boʻlgan.
“ – Onam issiq nonni tandirda yopib, belimga bog‘lab berardi. Sinfdoshlarim bilan qo‘y boqqani chiqib, tushlik vaqti hamma topganini dasturxonga qo‘yardi. Hatto dalada o‘tlab yurgan sigirlarni sog‘ib, issiq sut ichardik”, – deydi Elmurod Haqnazarov.
Elmurod Haqnazarov ko‘cha supurishga majbur bo‘lgani va 10 kilometr masofani piyoda bosib institutga qatnagani haqida ham so‘zlab berdi.
“– 1999-yili Farg‘ona shahriga ko‘chib kelganmiz. Oilamiz oddiy, hamma qatori kun ko‘rardi. Kollejda o‘qib yurgan paytlarim ota-onamga ko‘maklashish uchun mahalla supuruvchisi bo‘lib ishga kirgandim. Ertalab azonda turib, yuzimni mato bilan to‘sib, ko‘chalarni supurardim. Odamlardan uyalmasdim, shunchaki kun kelib “Ko‘cha supuruvchi-ku” deb menga qizini turmushga bermasligidan hayiqardim. Tong yorishgach, ishni tugatib, kiyimlarimni almashtirib, o‘qishga ketardim. Yo‘l kiraga pul sarflashni istamay, o‘qishga piyoda qatnardim. Bilmadim, o‘shanda shuncha kuchni qayerdan olgan ekanman”, – deydi Elmurod Haqnazarov.
Bundan tashqari, qiziqchi bolaligidan futbolga qiziqqani, ammo oilasidagi moddiy qiyinchiliklar sabab sportni davom ettirolmagani haqida so‘zlab berdi.
“– Bolaligimdan futbolga qiziqardim. Jamoamizning sardori ham o‘zim edim. Ammo bir narsa qattiq alam qilardi. O‘yin vaqtida menga bo‘ysunadigan sinfdoshlarim dadalari bilan avtobusga o‘tirib, “Neftchi”ning o‘yinini ko‘rganini borishardi. Ammo men yo‘l puli sabab o‘yinni ko‘rgani borolmasdim”, – deydi Elmurod Haqnazarov.
Uning futbolga bo‘lgan qiziqishim kuchli boʻlgan Ammo jarohat olganidan keyin futbol o‘ynashni kamaytirishga majbur bo‘lganligini taʼkidladi suhbat davomida “Dizayn” jamoasi a’zosi.
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi