Islom

Ota-onam meni bir kishiga turmushga berishmoqchi, lekin u odamda umuman ko‘nglim yo‘q…

photo 255 1

Loading

Savol: Ota-onam meni bir odamga turmushga berishmoqchi, lekin u odamda umuman ko‘nglim yo‘q… U menga “Sizni majburlamayman, ko‘nglingiz bo‘lmasa, aytavering”, – deydi. Ammo ota-onam “Baribir seni shu odamga uzatamiz”, – deyishgani uchun indamayman. Qanday yo‘l tutay? Bir odam menga istihora namozi o‘qishimni maslahat berdi. Shu namozdan keyin ma’lum bir kishi bilan taqdirimni bog‘lagin, deb duo qilsam bo‘ladimi? O‘zi, umuman, kim bilan turmush qurishim taqdirimda aniq yozilganmi?

Javob: Shariatda ham, urfimizda ham oila qurishda ota-onaning maslahati bilan nikoh aqdini qiladi. Allohdan xayr-barakani so‘ragan holda, ota-onaning maslahati bilan oila quring!

Taqdir – Alloh taoloning ilmi, albatta, sizning kim bilan oila qurishingiz Alloh taolo uchun ma’lum va u narsa yozib qo‘yilgan. Duo – ibodat, duoda dunyo va oxirat maqsadlari so‘raladi. Oila quruvchi er-ayol ham nikohning fayzli, barakali bo‘lishini so‘rashi lozim.

Manba: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.