Mashhurlar

“Onam aktrisa qizga uylanishimni istadi” – Ra’no Zokirovaning o‘g‘li

photo 1267

Loading

“Daryo” internet nashrining YouTube dagi kanaliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirovaning o‘g‘li va kelini intervyu berishdi. Taniqli aktrisaning kelini Dilbar Zokirova “Sensiz” serialidagi roli bilan bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish, o‘g‘li Umid Zokirov esa iste’dodli rejissorlardan biri hisoblanadi. Ayni kunlarda vaynerlik bilan shug‘ullanayotgan yoshlar qanday tanishishgani haqidagi savolga quyidagicha javob berishdi.

“— Hamma qatori sovchi orqali tanishdik. Umid aka ham ijodkor bo‘lsa-da, avvaldan tanish bo‘lmaganmiz. Ammo qaynonam bilan bir nechta telenovellalarning suratga olinishida birga ishlaganmiz. O‘zbekona oilada ulg‘ayganim uchun katta yoshli insonlarni hurmat qilaman, ustozlarga choy berib, mehmon qilishni yaxshi ko‘raman. Ra’no Zokirovaga ham shunday qilgan ekanman. U inson buni kuzatib yurgan ekan. Bir kungi syomkada “O‘g‘lim rejissor, sizni videoga olaman. Balki, kun kelib hamkorlikda ishlarsizlar”, – dedi. “Ho‘p”, – deb videoga tushib berdim. Ammo maqsad butunlay boshqa bo‘lgan ekan…”, — deydi Dilbar Zokirova.

Umid Zokirovning aytishicha, onasi uning aktrisa bilan oila qurishini istagan. U buni quyidagicha izohladi:

“— Uylanish yoshiga yetgandan keyin onalar kelin izlashga tushib qolisharkan. Oyim ham syomkaga borsalar yoki ko‘cha-kuyda yaxshi qizlarni uchratib qolsa, darrov rasm yoki videosini olib kelardi… Syomkadan qaytgach Dilbarning videosini ko‘rsatib, rosa maqtadi. “Qosh-ko‘zlari chiroyli, uning ustiga aktrisa. Seni tushunadi, qo‘llab-quvvatlaydi”, – dedi. Chunki, ijodkorlarning boshqa soha vakili bilan oila qurib, baxtli yashashi bu chinakamiga omad. Ko‘p hollarda aktyor syomkadan kech qaytsa yoki boshqarlar bilan ekrandagi munosabatini noto‘g‘ri talqin qilishadi. Xullas, maqtovlarga unchalik e’tibor bermadim. Ammo videodagi qiz ham hayolimdan ketmadi”, — deydi Umid Zokirov.

Dilbar Zokirova turmush o‘rtog‘ini ilk marta uchratganda, ko‘nglidan nimalar o‘tgani va bo‘lajak erining qo‘lidagi taomnoma titragani haqida ham so‘zlab berdi.

To‘liq video:

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.