Salomatlik
Bir hafta ichida soch qalinligini oshiradigan 10 ta mahsulot
Salomatlikni, uning yetarli darajada parvarish qilinayotganini qalin va serjilo sochlardek hech nima aks ettirolmaydi. Quyida sochlaringiz betakrorligini oshirishga yordam beradigan bir nechta oziq-ovqat mahsulotlari keltirilgan.
Agar soch to‘kilishi yoki tolalari ingichkalashayotgani kuzatilsa, bilingki, bu taomnomangiz bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun kalit bo‘lishi mumkin. Soch to‘kilishi koronavirus oqibatlaridan biri bo‘lsa, iste’mol qilayotgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqing. Soch o‘sishiga yordam beradigan va tashqi ko‘rinishini yaxshilaydigan “superfud” lar yetarlicha topiladi. Bular soch follikulalarini mustahkamlaydigan antioksidant flavonoidlar, qizil qon tanachalarini ko‘paytiradigan temirga hamda soch o‘sishini yaxshilaydigan oqsil va kremniyga boy oziq-ovqatlardir.
Ko‘katlar
Har qanday oshko‘klar, masalan, shivit, ismaloq, karam ham soch follikulalarini mustahkamlovchi, soch oqsili bo‘lgan keratin moddasini ishlab chiqarishga yordam beradi. Shuningdek, salat bargi B, A, C va K vitaminlariga, foliy kislotasiga boy. Har kuni salat yoki ovqatga aralashtirib taxminan 100 gramm miqdorida ko‘kat iste’mol qiling.
Dukkakli mahsulotlar
Dukkaklilar va soyadan olingan mahsulotlar digidrotesteron deb ataladigan gormon ishlab chiqarishni hosil qiladi, bu muvozanat sochlarning to‘kilishiga yordam beradi. Dukkaklilar tarkibida temir, magniy, omega-3 va B2 vitamini mavjud. Haftada kamida 75 g dukkakli ekinlardan iste’mol qilishga harakat qiling, umuman olganda, dukkakli o‘simliklarni taomnomaga ko‘proq kiritgan yaxshi, chunki ular kaloriyasi past, ammo to‘yimli ozuqa hisoblanadi.
Dengiz o‘tlari
Dengiz mahsulotlaridagi ayrim oziq moddalar, masalan, temir va aminokislota l-lizin, soch o‘sishiga bevosita ta’sir qiladi. Temir qizil qon tanachalarining sog‘lom ishlab chiqarilishini ta’minlaydi, l-lizin moddasi esa o‘z navbatida temirning organizmga so‘rilishiga yordam beradi, uning yetishmasligi soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Tarkibida rux, foliy kislotasi, magniy, B2 va B5 vitaminlari ham mavjud. Oziqlanish ehtiyojlarini qondirish uchun kuniga 10 gramm dengiz o‘tlari iste’mol qiling.
Tuxum
Proteinga boy tuxum kollagen ishlab chiqarishni ko‘paytiradi, bu esa sochlarning tabiiy ko‘rinishini saqlab qoladi. Yosh o‘tishi bilan kollagen tezroq parchalanadi, oqibatda soch tolasi yanada zaif va mo‘rtlashib boradi. Tuxum tarkibida A va D vitaminlari, karotin, lutein, rux va oqsil ham mavjud. Kutilgan natijaga erishish uchun haftasiga 4 marta qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum yeb turing.
Avokado
Avokado tarkibida E vitamini, kaliy, omega-9, B vitaminlari va foliy kislotasi mavjud. E vitamini kislorodning so‘rilishini oshiradi, bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa sochlarning sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Ta’sirini sezish uchun haftasiga 2-4 marta 1 tadan o‘rtacha kattalikdagi avokado iste’mol qiling.
Zig‘ir urug‘i
Tarkibida omega-3 moddasi ko‘pligi tufayli zig‘ir urug‘i sochlarni oziqlantirishga yordam beradi, soch tolalarining qurib qolishi, zaiflashishi va mo‘rtlashishini oldini oladi. Shuningdek, ushbu mahsulot tarkibida B1 vitamini, magniy, fosfor va selen mavjud. Kuniga 1 osh qoshiq miqdoridagi zig‘ir urug‘ini qo‘shimcha sifatida yoki taomga sepgan holda iste’mol qiling.
Qovoq urug‘lari
Proteinga boy qovoq urug‘lari tarkibida rux mavjud bo‘lib, u sog‘lom hujayralar ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaydi, immunitetni oshiradi, bu esa sochlarning tez o‘sishiga yordam beradi. Shuningdek, qovoq urug‘i tarkibida temir, fosfor, magniy, oqsil mavjud. To‘yimli vitaminlar uchun zig‘ir va qovoq urug‘larini teng nisbatda aralashtirib, kuniga 1 osh qoshiqdan yeyishni odat qiling.
O‘rmon mevalari
Ko‘pgina rezavorlar tarkibida C vitamini va kaliy mavjud. O‘rmon mevalaridagi C vitamining ko‘pligi kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. C vitamini bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi va uning antioksidant ta’siri follikulalarni shikastlanishdan himoya qiladi. Optimal natijaga erishish uchun har kuni kamida bir hovuch rezavor mevaning ovqatlanish ratsionida bo‘lishi tavsiya etiladi.
Mango
Mango tarkibida sochlarni mustahkamlash va o‘sishiga yordam beradigan biriktiruvchi to‘qima komponenti bo‘lgan mineral kremniy mavjud. Kremniy dioksididan tashqari, bu meva A, B6 va C vitaminlari va foliy kislotasiga boy. Ushbu mahsulotning afzalliklaridan bahramand bo‘lish uchun ovqatdan keyin yoki qo‘shimcha sifatida 2 bo‘lakdan mango mevasini iste’mol qiling.
Anjir
Anjir sochning sog‘lom o‘sishi serjilo ko‘rinishi uchun zarur bo‘lgan temirning bebaho manbaidir. Bundan tashqari, u kaliy, magniy, A va E vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Quritilgan mevalar va rezavorlar tarkibida ham temir moddasi yetarlicha uchraydi. Mavsumda kuniga ikki donadan anjir iste’moli sochlar uchun koni foyda hisoblanadi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi