Buxoro yangiliklari
Buxoroda Milliy Gvardiya xodimlari begʻaraz donorlik aksiyasida ishtirok etishdi
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmachi va xodimlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali murg‘ak qalblarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan harbiy xizmatchi va xodimlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


