Buxoro yangiliklari
Tödaköl reabilitatsiya markazida 7 800 tup daraxt köçati ekiladi
Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasiga qaraşli Tödaköl reabilitatsiya markazida 28–29-noyabr kunlari 7 800 tup daraxt köçati ekilişi rejalaştirilgan. «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida 24 ta maydonga sosna, gujum, gilos va örik köçatlari ötqaziladi. Bu haqda Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Ekişga tayyorgarlik doirasida maxsus texnika yordamida yer tekislanib, tuproqqa işlov berilmoqda va maydonlar tartibga keltirilmoqda. Viloyat IIB boşliği işlarning borişini közdan keçirdi.

Tadbirga viloyatning 13 ta tuman va şahar içki işlar organlari hamda sohaviy xizmatlaridan 500 nafarga yaqin xodim jalb etilişi belgilangan. 13 ta greyder, 26 ta yer teşiş texnikasi, şuningdek, unumdor tuproq va öğit taşiş hamda çiqindilarni olib ketişga möljallangan önlab maxsus transport vositalaridan foydalaniş rejalaştirilgan.

Avvalgi umumxalq haşarlarida 50 dan ortiq texnika yordamida markaz boği begona öt va xazonlardan tozalangan, ariqlar va yölaklar tartibga keltirilgan. Böş maydonlarga 4 250 tup mevali va manzarali daraxt köçati ekilgan.

IIB boşliği mas’ullarga işlarni sifatli taşkil etiş, köçatlarning tutib ketişi uçun şaroit yaratiş va keyingi parvariş çoralarini oldindan belgilaş böyiça topşiriq berdi.



-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


