Buxoro yangiliklari

Buxoro tadbirkorlari Toşkent turizm yarmarkasida qariyb 1 500 ta uçraşuv ötkazdi

27 titf buxoro cover
Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Toşkentdagi «Ipak yölida turizm» 31-xalqaro turizm yarmarkasida Buxoroning 70 dan ortiq turizm sohasi vakili qariyb 1 500 ta B2B uçraşuv va muzokara ötkazdi. Tomonlar ikki tomonlama sayyohlik almaşinuvi böyiça kelişuvlarga erişdi. Bu haqda Buxoro viloyati turizm boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Buxoro pavilonida vohaning milliy an’analari, qadriyatlari va madaniy merosi bilan birga turizm va investitsiya imkoniyatlari namoyiş etildi. Uçraşuvlarda turoperatorlar, mehmonxona xöjaliklari va gid-ekskursovodlar qatnaşdi.

Toşkent xalqaro turizm yarmarkasidagi Buxoro paviloni va muzokaralar 1

Viloyat hokimi örinbosarlari Botirjon Şaxriyorov va Rizo Asadov mahalliy hamda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar ötkazdi. Ularga investorlar uçun yaratilgan imkoniyatlar va istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Toşkent xalqaro turizm yarmarkasidagi Buxoro paviloni va muzokaralar 2

Muzokaralar yakunida turizm sohasida hamkorlikni kengaytiriş, qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va Buxoroga xorijiy sayyohlar oqimini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Toşkent xalqaro turizm yarmarkasidagi Buxoro paviloni va muzokaralar 3

Turizm boşqarmasining qöşimça ma’lumotiga köra, Buxoroda sönggi yillarda yaratilgan sayyohlik yönalişlari va infratuzilma obyektlarini qöşni hamda boşqa xorijiy mamlakatlar kompaniyalarining turpaketlariga kiritiş va kelgusida bevosita turlarni taşkil etiş masalalari ham kelişib olindi.

Toşkent xalqaro turizm yarmarkasidagi Buxoro paviloni va muzokaralar 4

Toşkent xalqaro turizm yarmarkasidagi Buxoro paviloni va muzokaralar 5

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.