Maşhurlar

Yulduz Rajabova bir necha yildan buyon uni qiynab kelayotgan kasallikni oshkor qildi

photo 1285

Loading

Ko‘plab rollari bilan xalqimiz mehrini qozongan, qolaversa, hozirgi mavsumda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Yulduz Rajabova “Renessans TV” telekanalining “Taraflar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida ilk marta salomatligi bilan bog‘liq muammo haqida gapirdi. Uning aytishicha, bir necha yillardan buyon bosh og‘riqlari aktrisani bezovta qiladi.

“– Juda ko‘p yillardan beri meni bosh og‘riqlar qiynab keladi. Lekin bu migren bilan bog‘liq. Ayni shu kasalligi bor insonlar meni yaxshi tushunadi. Bu bosh og‘riq bilan hech narsa qila olmaysiz. Ba’zida shunday og‘riydi, hech qanday dori yordam bermaydi. Migrenni davolash qiyin. Men bir nechta shifokorlar bilan maslahatlashib, bu tuzaladigan kasallik emas, degan fikrga keldim. Uni qanaqadir usullar bilan og‘rig‘ini kamaytirish mumkin”, — deydi aktrisa.

Hozirda esa aktrisaning bildirishicha, har 6 oyda maxsus ukol olib kelmoqda. Bu unga bosh og‘riqlarini kamayririshga yordam bermoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.