Jahon
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzilalar
2023-yilning 6-fevralida Turkiyada kuchli zilzila sodir bo‘lib, hozirgacha qurbonlar soni 3 419 nafarga, yaralanganlar soni 20534 nafarga yetdi. Ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanmoqda. Qurbonlar soni ham ortib bormoqda. Zakon.kz insoniyatga ma’lum bo‘lgan eng halokatli 10 ta zilzilani eslatib o‘tdi.
2023-yil Turkiyadagi zilzila
Turkiyaning janubi-sharqida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali zilzila minglab odamning hayotiga zomin bo‘ldi, 45 ta davlat yordam taklif qildi. Mamlakat prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mazkur zilzila 1939-yildan beri eng kuchli yer silkinishi hisoblanadi. Mamlakat aholisi zilzilalarni mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da sezgan, zilzila o‘chog‘i Gaziantep shahri bo‘lgan. Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 dan ortiq yerosti silkinishlari qayd etilgan.
Zilzilalar Suriya chegaralariga ham yetib borgan. U yerda zilzila qurbonlari soni 7-fevral holatiga ko’ra, 1,6 ming kishidan oshgan. 3,6 mingga yaqin kishi yaralangan. Aleppo, Latakiya, Xama va Tartus aholisi ham zilzila qurboniga aylangan.
Shuningdek, kuchli silkinishlar Livan, Iordaniya, Isroil, Gruziya, Armaniston, Afg‘oniston, Iroq va Qozog‘istonda ham qayd etilgan.
2011-yil Yaponiyadagi Xons orolining sharqiy qirg‘og‘idagi zilzila
Bu Yaponiya tarixidagi eng kuchli zilzila hisoblanadi. U Yaponiya sohilidagi eng yaqin nuqtadan taxminan 70 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Zilziladan 69 daqiqa o‘tgach, sunami yuz berib, Senday aeroportini suv bosgan.
Yaponiyadagi zilzila va sunami qurbonlarining rasmiy soni 15 892 kishini tashkil qilgan. Mamlakatdagi zilziladan yetkazilgan zarar 16-25 trillion iyen (198-309 milliard dollar)g a baholangan.
2010-yil Gaitidagi zilzila
Mamlakatda 7 magnitudali asosiy silkinishdan so‘ng 15 ta 5 balli yer qimirlashi kuzatilgan. 2010-yil 18 martdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 222 570 kishini tashkil etgan, 311 000 kishi jarohatlangan. Moddiy zarar 5,6 milliard yevroga baholanmoqda.
2004-yil Hind okeanidagi zilzila
2004-yil 26-dekabrda Hind okeanidagi Sumatra oroli yaqinida zilzila yuz berdi. Suvosti zilzilasining magnitudasi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 9,1 dan 9,3 gacha bo‘lgan va kuchli sunamiga sabab bo‘lgan.
Natijada Janubiy Afrikadagi Port-Elizabet shahri aholisi jabrlangan. Turli manbalarga ko‘ra, 300 mingga yaqin odam tabiiy hodisa qurboni bo‘lgan.
1988-yil Armanistonning Spitak shahridagi zilzila
1988-yil 7-dekabrda Sovet Ittifoqi tarixidagi eng dahshatli zilzila Armaniston SSR shimoli-g‘arbida Spitak shahrida sodir bo‘lib, hodisada 25 ming kishi halok bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 140 mingga yaqin odam nogiron bo‘lib qolgan, 514 ming kishi boshpanasiz qolgan.
Yer silkinishlari magnitudasi 6,8 ballni tashkil qilgan. Spitak va boshqa 58 yaqin tuman vayron bo‘lgan. Favqulodda vaziyat natijasida jami zarar taxminan 10 milliard sovet rublini tashkil etgan.
1976-yil Xitoyning Tyanshan shahar okrugidagi zilzila
Zilzila 28-iyul kuni Pekindan 160 km uzoqlikda sodir bo‘lgan, silkinishlar magnitudasi 8,2 ni tashkil qilgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 255 000 kishiga yetgan. Boshqa manbalar deyarli 655 000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
1970-yil: Peruning Chimbote shahridagi zilzila
1970-yil 31-mayda Tinch okeanida 60 km dan ortiq chuqurlikda 7,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari Peruning ayrim shaharlarida ko‘chkilarni keltirib chiqardi. Aholining 70% ga yaqini vayronalar ostida qolgan. Faqat 300 nafar aholi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar 260 million dollardan oshgan.
1960-yil Chilidagi zilzila
Zilzila 22-may kuni sodir bo‘lgan, xalq orasida Buyuk Chili zilzilasi deb ataladi. O‘shanda silkinishlar magnitudasi 9,5 ni tashkil etgan. Zilzila sunamini keltirib chiqargan, uning to‘lqinlari balandligi 10 metrga yetgan. Shuningdek, 1 655 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, 3 000 ga yaqin kishi jarohat olgan, yana 2 million kishi boshpanasiz qolgan, yetkazilgan zarar yarim milliard dollarni tashkil etgan.
1939-yil Turkiyaning Erzinjan shahridagi zilzila
1939-yil 27-dekabr kuni 7,8 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Bu zilzila hozirgacha kuzatilgan eng kuchlisi hisoblanadi. O‘shanda 33 000 ga yaqin odam vafot etgan. Zilzila episentri Erzinjan shahri yaqinida joylashgan. Yer silkinishi 52 soniyadan sal kamroq davom etgan.
1948-yil Turkmaniston SSR, Ashxobodda zilzila
Turkmanistonda 1948-yil 5-oktabr kuni 7,3 magnitudali dahshatli zilzila sodir bo‘lgan. Yer silkinishi yaqin atrofdagi qishloqlarga jiddiy zarar yetkazdi, qo‘shni Eronning Derregez qishlog‘iga ham ta’sir qilgan. Tabiiy ofatdan 110 000 kishi vafot etgan. Birinchi silkinish tunda sodir bo‘ldi va 10 soniya ichida shahar deyarli vayron bo‘ldi. Tabiiy ofat oqibatlaridan so‘ng shahar tozalandi, qurbonlarning ko‘pchiligi qo‘shni Ozarbayjon va O‘zbekistonga jo‘natildi.
1923-yil Yaponiyaning Kanto hududidagi zilzila
Kanto hududida 1-sentabr kuni zilzila yuz berdi, uning magnitudasi 8,3 ga yetdi. Tokio va Yokogama deyarli butunlay vayron bo‘ldi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 174 000 kishini tashkil qiladi. Taxminan 542 000 kishi bedarak yo‘qolgan. Qurbonlar soni qariyb 4 million kishiga yetdi. 694 000 ta uy va boshqa binolardan taxminan 381 000 ta bino to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi