Mashhurlar
Durdona Qurbonovaning onasi qiziga qanday rollar o‘ynashni taqiqlangani va Imron bilan munosabati haqida gapirib berdi
Aktrisa Durdona Qurbonovaning onasi Feruza Mansurova “Sevimli TV” telekanalining “Mahshurlar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida qiziga qanday rol o‘ynashi oila a’zolari tomonidan taqiqlangani va xonanda Imron bilan munosabatlari haqida gapirib berdi. “Daryo” nashri ushbu suhbatning matnli ko‘rinishda taqdim etmoqda.
“Durdonaning dunyoqarashi oldin boshqacha edi, hozir butunlay boshqacha”
“Hindi shou”da rol o‘ynaganda Shahzod Sultonov bilan birga bir qilib, o‘xshatib chiqarib berishgan. Klipdagi rolini ko‘rib xursand bo‘lganman, lekin u yerda o‘zbekchiligimizga to‘g‘ri kelmaydigan, ushlab, ko‘tarib olgan joylari bor. Dadasida ham, tog‘alarida ham shunaqa joylarini olmasligi kerak edi, degan narsa bo‘ldi. Rol o‘ynasin, lekin bunaqa taniladigan bo‘lsa, tanilmay qo‘ya qolsin, deyishdi.
O‘zbekchiligimizga to‘g‘ri kelmaydigan rollarni ham boshqacha, chiroyli qilib o‘ynab bersa ham, u yerini, bu yerini ushlab o‘ynamasin deb fikr bildirishgan. O‘shanda o‘zim ham gapirganman. Uning dunyoqarashi oldin boshqacha edi, hozir butunlay boshqacha. O‘zi ham intervyuda: “Hozirgi aqlim bo‘lganida o‘sha rollarni o‘ynamagan bo‘lar edim”, — deb aytgan.
“Durdona ham, Imron ham hayotda hech qachon bir-biriga teskari bo‘lmagan”
Imronni hurmat qilaman, fe’l-atvori ham og‘ir, vazmin, shuningdek, tarbiyasi, muomalasi juda yaxshi inson. Durdona Imron bilan yaxshi partnyor. Odamlar shunaqa qabul qilishdi: Imron chiqqanda Durdonani, Durdona chiqqanda Imronni ko‘z oldilariga keltiradigan bo‘lib qolishgan.
Foto: Instagram /@durdona_kurbonova
Hayotda ikkalasi ham bir-birini hurmat qiladi, bir-biriga nisbatan hech qanaqa yomon so‘z bo‘lmagan, shunchaki piar qilishganda odamlar turli xil gap-so‘zlarni tarqatishadi. Durdona ham, Imron ham hayotda hech qachon bir-biriga teskari bo‘lmagan, munosabatlarida yomon narsani sezmaganmiz.
To‘liq video:
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi