Salomatlik
Sochlar tez yog‘lanishiga 8 ta sabab
Bu muammo sochlaringiz siyrak yoki qalin, sog‘lom yoki, aksincha, shikastlangan bo‘lishidan qat’i nazar paydo bo‘lishi mumkin. Chunki sabab sochda emas. Balki boshni tez-tez yuvayotgandirsiz? Sochlarning tez yog‘ bo‘lishining sizga ma’lum bo‘lmagan sabablari quyida havola etiladi.
Sochga qo‘l bilan tez-tez tegasiz
Bekorchilikdan, noz-karashma qilganda bilmagan holda barmoqlar bilan sochlarni tarab o‘tirish odatga aylanishi. Mushkul muammoni hal qilayotganda, shubhasiz, qo‘llaringiz bilan boshingizni ushlaysiz. Odatlaringizga e’tiborli bo‘ling — yuqoridagi harakatlarning barchasi kaftlardagi tabiiy yog‘ning soch tolalariga o‘rnashib qolishiga olib keladi.
Boshni kunora yuvasiz
G‘alati paradoks, ammo haqiqat. Shampun sochlar va bosh terisidagi tabiiy yog‘larni ketkizadi, bu ularning quruq bo‘lib qolishiga va organizm yo‘qotishlarni qoplash uchun ko‘proq yog‘ ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi. Kunora ehtiyojsiz ravishda bosh yuvish yaramaydi. Sochingizni haftasiga ikki marta yuvish kifoya.
Muammo soch konditsionerdadir?
Balki siz juda kuchli konditsioner turini tanlagan bo‘lishingiz mumkin, bu sochingizni og‘irlashtiradi va ular chigal bo‘lmaydi. Konditsionerni qo‘llagandan keyin yaxshilab yuvib tashlanmasa, soch uchlariga emas, ildiziga ko‘p surtilsa ham, sochlar tez yog‘lanadi.
Sochlarni tez-tez tarash
Bosh terisini massaj qilish yoqimli va foydali, ham sochlarning chigali ochiladi. Ammo tarash vaqtida yog‘ ishlab chiqarish ikki hissa ortadi.
Kir taroqlar
Kir taroqlardagi yopishqoq qatlam o‘ziga chang to‘playdi va undan foydalanayotganda toza sochlarni ham yog‘lantiradi.
“Ukladka” taroqda sochlarning to‘planishi
Soch yog‘lanishining yana bir sababi shuki, ukladka taroqni ishlatish vaqtida unda avvalgi safarlardan qolgan sochlarning bo‘lishi. Bu bilan taroqdagi sochlar yog‘ini yangi yuvilgan sochlaringizga o‘tkazasiz. Bu eng keng tarqalgan sabab, ammo ko‘pchilik buni bilmaydi.
Parvarish vositalarini noto‘g‘ri tanlash
Parvarish vositalari soch turiga mos kelmasligi mumkin. Oddiyroq mahsulotlarni tanlang va “jilo beruvchi va namlovchi” xususiyatlarni va’da qiladigan mahsulotlardan qoching. Chunki ular quruq va ta’sirchan sochlarga mo‘ljallangan, siz uchun esa bular ortiqcha.
Sochning dam olishiga yo‘l qo‘ymaysiz
Agar muntazam quruq shampundan foydalansangiz, ertami-kechmi, bosh terisidagi teshikchalar yopilib qoladi. Oyiga 3-4 marta quruq sochga mo‘ljallangan shampun bilan birga tozalovchi va jilo beruvchi shampunlarni ham qo‘llab turish soch va bosh terisi salomatligini tiklaydi.
Manba: “Daryo” nashri.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi