Mashhurlar

Taniqli raqqosa Parizodaning onasi qizining sogʻligidagi muammolari sabab, raqsga bergani rostmi?

photo 1307

Loading

“Nihol” mukofoti sovrindori, mahoratli raqqosa Parizodaning onasi Lobar Shermatova “Sevimli TV” telekanalining “Mashhurlar” koʻrsatuvida qizining sog‘lig‘ida muammo bo‘lgani sababli, raqsga borgani, bolaligi va u “yulduzlik kasali” ga chalinmagani haqida gapirib berdi. “Daryo” nashri muxbirlari har doimgidek ushbu intervyuning matnli koʻrishini taqdim etishmoqda.

Parizodaning onasi qizi sog‘lig‘idagi muammolar sabab raqsga borgani haqida

Yoshligidan yo‘talib yurar edi, shifokorga olib borganimda, uni gimnastika yoki suzishga berish kerak degan. Keyin televizor ko‘rib o‘tirganimizda, raqs tushayotganlarga ko‘zimiz tushgan. Shundan keyin raqsga berganmiz, aslida sog‘lig‘i uchun olib borganmiz, raqqosa qilish xayolimizga ham kelmagan. Hozir sog‘lig‘i ham yaxshi, Alloh nasib qilgan ekan, raqqosa bo‘lib ketdi.

“Fe’l-atvori o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshardi, hech narsadan qo‘rqmas edi”

Parizoda ta’til vaqtida ham tinch o‘tirmas edi. Qo‘shnimiznikiga chiqib dizaynerlikni, soch turmaklashni o‘rganardi. Qo‘shnimiz unga yetadigani yo‘q, derdi. 13-14 yoshida yangilik qilishga intilar edi. Go‘zallik salonining egasiga ham unaqa qilaylik, bunaqa qilaylik deb o‘rgatgan ekan. Undan tashqari karate va suzishga ham qatnashgan. Suzish bo‘yicha ham birinchi o‘rinni olgan, o‘zining qiziqishi bor edi. Men qiz bolaning ishini qil, derdim. Fe’l-atvori o‘g‘il bolalarnikiga o‘xshardi, hech narsadan qo‘rqmas edi.

“Yigitlar yaxshi ko‘rib onalarini olib kelardi, onalari esa shart qo‘yardi”

Sinfida 3 ta Dilnoza ismli qiz bor edi. Xoreografiyaga borsa, to‘rtta Dilnoza ismli qiz bo‘lgan. Undan tashqari xoreografiyada tadbir bo‘lgan, Doston bilan Parizoda aytgan “Parizoda ismingiz” degan qo‘shiqni Dilnoza bilan bitta bola aytib chiqqan. Shu bilan Parizoda bo‘ldi.

15 yoshidan sovchilar kelardi, hali yosh dedik. Keyin 16 yoshga kirishini, passport olishini kutishdi. U esa niyatlarim, oldimga qo‘ygan maqsadlarim bor dedi. Davlat unvonlarini olishim, o‘qishim, chet elga chiqishim kerak deb ko‘p sovchilarni qaytargan. Yigitlar yaxshi ko‘rib onalarini olib kelardi, onalari esa shart qo‘yardi. Qaynonam bilan kutib olar edik, raqsga borishiga ham ular sababchi bo‘lgan. Kelgan sovchilar qizingizni yaxshi ko‘ramiz, o‘g‘limiz ham yaxshi ko‘radi, faqat raqsini tashlasa, kelin qilamiz deb bizga shart qo‘yardi.

Qaynonamning jahli chiqardi, raqqosa bo‘lib nima yomon ish qilyapti, sizlar buning bir soatlik mashg‘ulotini qilsangizlar chiday olmaysizlar. Raqsi bilan qabul qilsangizlar mayli, bo‘lmasa yo‘q derdi. Kuyovim qizimni Ozodbek Nazarbekovning konsertida, sahnada ko‘rib qolgan.

“Birga yurganimizda ham nechta odam rasmga tushaylik deb keladi, qo‘y, desam erinmasdan rasmga tushaveradi”

Men uchun u hali ham o‘sha-o‘sha Dilnoz, yulduzdek tuyulmaydi. Masalan, biror joyga borsam, Parizodaning oyisi deb aytishgandan keyin boshqacha bo‘lib qolishardi. Qizimsiz yursam ham hurmat qilib kutib olishadi. Birga yurganimizda ham nechta odam rasmga tushaylik deb keladi, qo‘y, desam, erinmasdan rasmga tushaveradi. “Yulduzlik kasali”ga chalinganda ketib yuborardi. Ketayotgan, kechikayotgan bo‘lsak ham kech kimga qarshilik bildirmasdan hamma bilan rasmga tushaveradi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.