Texnologiyalar

Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib, 6G tarmog‘ini ishga tushiradi

photo 1362
Foto: VentureBeat

Loading

Ayrim davlatlar endigina 5G tarmog‘ini o‘zlashtirayotgan bir vaqtda Janubiy Koreya o‘zining 6G tarmog‘ini 2028-yilda ishga tushirishi e’lon qildi. Bu haqda GSMArena nashri xabar qilmoqda.

Janubiy Koreyaning Fan va AKT vazirligining xabar berishicha, bu jahon darajasidagi texnologiya, ilg‘or dasturiy ta’minotga asoslangan yangi avlod mobil tarmoqlar va tarmoq ta’minot zanjirlarini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Ayni damda hukumat mahalliy kompaniyalarni 6G tarmog‘ini rivojlantirish uchun materiallar, butlovchi qismlar va uskunalar ishlab chiqarishga rag‘batlantirib, yangi avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash uchun ta’minotni ham kuchaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, 6G ni o‘rganish allaqachon boshlab yuborilgan. Loyiha $482 100 000 ga baholangan.

“– 6G virtual va haqiqiy olamlarni birlashtiradi”, – deydi Ericsson Xitoy texnologiyalari departamenti bosh direktori o‘rinbosari Chjan Yongtao.

Uning ta’kidlashicha, 6G texnologiyasi gologrammali aloqani ilmiy fantastikadan haqiqatga olib keladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.